Yaqin Şarq mintaqasida vaziyat keskinlaşgani tufayli Özbekiston Taşqi işlar vazirligi özbekistonliklarni ehtiyot çoralarini körişga çaqirdi. Umra dasturi böyiça Saudiya Arabistoniga ziyoratçilarni olib boriş vaqtinça töxtatildi. Toşkent şahar hokimligi yöl harakati holatini yaxşilaşga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” taşabbusini e’lon qildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uçun tabiiy gaz iste’moli böyiça imtiyoz uzaytirildi.

Qoraqalpoğistonni rivojlantiriş dasturlari tasdiqlandi

Prezidentning “Qoraqalpoğiston Respublikasini 2026 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş va kelgusi yillar uçun möljallangan dasturlarni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilinib, hudud iqtisodiyoti ösişi, işsizlik va kambağallikni qisqartiriş hamda 2030 yilgaça eksport va investitsiya loyihalarini kengaytiriş böyiça asosiy maqsadlar belgilandi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpoğistonni barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning ustuvor yönalişlari sifatida qator körsatkiçlarga erişiş vazifasi qöyildi.

TIV Yaqin Şarq böyiça safarlarni vaqtinça keçiktirişni tavsiya qildi

Yaqin Şarq mintaqasida vaziyat keskinlaşgani tufayli Özbekiston Taşqi işlar vazirligi özbekistonliklarni safarlarni rejalaştirişda ehtiyot çoralarini köriş va rasmiy manbalar orqali e’lon qilinayotgan tavsiyalarga amal qilişga çaqirdi.

Şu bilan birga, Özbekistonning Isroildagi elçixonasi vatandoşlarni huşyorlikka çaqirib, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiliş va zarurat bölmasa köçaga çiqmaslik böyiça şoşilinç tavsiyalar bilan çiqdi. Diplomatik vakolatxona xotirjamlikni saqlaş muhimligini ta’kidlab, vaziyat barqarorlaşgunga qadar Isroil hududini vaqtinça tark etişni tavsiya etgan.

Bundan taşqari, Özbekiston aviatsiya rasmiylarining körsatmasiga binoan Umra dasturi böyiça Saudiya Arabistoniga ziyoratçilarni olib boriş vaqtinça töxtatildi. Şu munosabat bilan Jidda—Toşkent yönalişida Özbekiston fuqarolarini vatanga qaytariş uçun maxsus repatriatsiya reyslari taşkil etiladigan böldi.

Toşkentda tirbandlikni kamaytiriş uçun “Dolzarb 90 kunlik” boşlanadi

Toşkent şahar hokimligi yöl harakati holatini yaxşilaşga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” taşabbusini e’lon qildi. Dastur doirasida poytaxtda eng tirband hisoblangan 472 km avtomobil yöllari aniqlanib, bir qator ustuvor yönalişlarda işlar boşlanadi.

Taşabbus doirasida quyidagi yönalişlarga ustuvor ahamiyat beriladi:

- yöl harakatini taşkil etiş böyiça loyiha yeçimlarini işlab çiqiş va joriy qiliş;

- jamoat transportiga ustuvorlik beriş va tegişli infratuzilmani yaratiş;

- köça-yöl tarmoği böylab reklama konstruksiyalari va boşqa taşuvçilarni örnatişni tartibga soliş hamda nazorat qiliş va boşqalar.

Qoraqalpoğiston va Xorazmda tabiiy gaz uçun isitiş mavsumi bazaviy me’yori 15 martgaça uzaytirildi

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisi uçun tabiiy gaz iste’moli böyiça isitiş mavsumida amal qiluvçi 500 kub metrlik bazaviy me’yor 2026 yilning 15 mart sanasiga qadar uzaytirildi.

Energetika sohasi mutasaddilari ma’lum qilişiça, uşbu qaror ob-havo prognozlari asosida qabul qilingan. Unga köra, mart oyining dastlabki ön beş kunida mazkur hududlarda havo haroratining me’yordan past bölişi kutilayotgani qayd etilgan.

Özbekistonlik boksçilar “Stranja-2026” musobaqasida 7 ta oltin medalni qölga kiritdi

Bolgariya poytaxti Sofiya şahrida boks böyiça an’anaviy va nufuzli “Stranja” turniri yakunlandi. Musobaqaning final bahslarida özbekistonlik 11 nafar boksçi ringga çiqdi. Yakunda ulardan 7 nafari ğalaba qozonib, oltin medalga sazovor böldi. 4 nafari musobaqani kumuş, 6 nafari esa bronza medali bilan yakunladi.