10 mart kuni Hindistonning Panjob ştati Zirakpur şahrida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida T.M. ismli Özbekiston fuqarosi halok bölgan.
Özbekiston elçixonasi ma’lumotiga köra, hodisa şaxsiy transport vositasi iştirokida sodir bölgan. Panjob ştatining vakolatli huquqni muhofaza qiliş organlari aybdorlarni javobgarlikka tortiş maqsadida tegişli tergov-suriştiruv işlarini amalga oşirmoqda.
Özbekiston elçixonasi marhumaning qarindoşlari bilan muntazam aloqada bölib turibdi hamda ularga zarur konsullik-huquqiy yordam körsatmoqda. Şuningdek, yöl-transport hodisasi böyiça tergov jarayoni nazoratga olingan.
Diplomatik vakolatxona T.M.ning yaqinlari va qarindoşlariga hamdardlik bildirdi hamda marhumaning jasadini vatanga qaytariş böyiça zarur çora-tadbirlarni amalga oşirdi.
Özbekiston elçixonasi Hindiston hududida murakkab hayotiy vaziyatlarga tuşib qolgan fuqarolarga har tomonlama konsullik, huquqiy va boşqa yordamni tezkorlik bilan körsatişga töliq tayyorligini bildirgan.

















