Ijtimoiy yönaltirilgan siyosatni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan «Xalq bilan birga» umummilliy dasturiga start berildi. Namanganda fuqarolar çiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yöl bilan jazoladi. Tibbiyot sohasi xodimlari 5 kunlik iş haftasida işlay boşladi. Kunning şu va boşqa muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

«Xalq bilan birga» umummilliy dasturi amalga oşiriladi

«Xalq bilan birga» umummilliy dasturining taqdimoti bölib ötdi va unga rasmiy start berildi. Loyiha taqdimotida partiya Siyosiy kengaşi a’zolari, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, mahalliy kengaş deputatlari, tadbirkorlar, yoşlar, xotin-qizlar, jamoatçilik faollari, ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.

Ta’kidlanişiça, mazkur taşabbus ijtimoiy yönaltirilgan siyosatni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan bölib, kambağallikka qarşi kuraşiş, ehtiyojmand qatlamlarni qöllab-quvvatlaş hamda inson qadrini uluğlaş tamoyillarini amaliyotga keng joriy etişni nazarda tutadi.

Dastur uçun alohida yöl xaritasi işlab çiqilgan. Unga köra, 2026 yil davomida 10 ta ustuvor yönaliş böyiça turli yönalişdagi aksiyalar ötkaziladi. Şuningdek, dasturga 50 mingdan ortiq tadbirkor jalb etilişi, 1,5 milliondan ziyod fuqaro turli körinişdagi yordam bilan qamrab olinişi rejalaştirilgan.

Iste’molçilar çiqindini olib ketmagan korxonani antiqa yöl bilan jazoladi

Namangan viloyati, Yangi Namangan tumanidagi mahalla aholisi töplanib qolgan çiqindilarni maşinaga yuklab, “Musaffo iqlim” korxonasi qarşisiga taşlab ketdi. Uşbu korxona mahalla hududidan çiqindilarni olib çiqib ketişga mas’ul hisoblanadi. Aholining sözlariga köra, çiqindilar köp vaqtdan beri olib ketilmagan va töplanib qolgan, oqibatda odamlar şunday yöl tutişga majbur bölgan.

Korxona rahbariyati qişki «metan muammosi» va maxsus maşinalar ta’mirda bölgani kabi sabablar tufayli xizmat körsatişda uzilişlar bölganini bildirdi.