Toşkent şahri Olmazor tumani IIB amaldori profilaktika inspektorlariga köçadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriş böyiça topşiriq berdi. Toşkentda «Ippodrom» nomi bilan maşhur bölgan hududdagi Beşqörğon bozorida yirik yonğin sodir böldi. Andijon viloyati hokimi örinbosari 50 ming dollar bilan uşlandi. Kunning şu va boşqa muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

«Uçastkavoy»larga köçadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriş topşiriği berildi

Toşkent şahri Olmazor tumani IIB amaldori Abror Xudoyberdiyev profilaktika inspektorlariga köçadan daydi topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriş böyiça topşiriq berdi. U «300 ta» qilişi kerakligini aytib, barça xodimga köçaga çiqişni buyurgan.

Xususan, audioda Abror Xudoyberdiyev daydi topmagan xodim qarindoşini yoki özini daydi sifatida «yopişi» böyiça aytgan.

IIV matbuot xizmati Kun.uz söroviga javoban holat örganib çiqilişini ma’lum qildi.

Andijon viloyati hokimi örinbosari 50 ming dollar bilan uşlandi

2024 yildan buyon viloyat hokimining turizm böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Isomiddin Ismanov Bobur şaharçasidagi 20 sotix yerni hujjatlaştirib olib beriş evaziga 50 ming dollar talab qilgan. U bu pulni öz uyida olayotganida qölga tuşdi.

5 aprel kuni Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatildi, hokim örinbosari protsessual tartibda uşlangan.

Toşkentdagi Beşqörğon bozorida yirik yonğin yuz berdi

5 aprel kuni Toşkentda «Ippodrom» nomi bilan maşhur bölgan hududdagi Beşqörğon bozorida yirik yonğin