🎓✨Mazkur ilmiy anjumanda Fransiya, Italiya, Turkiya, Tojikiston hamda Özbekistonning turli hududlaridan taşrif buyurgan arxeologlar, tarixçi olimlar va yetuk mutaxassislar iştirok etmoqda.

🌐📚Konferensiya doirasida iştirokçilar tomonidan Amudaryo havzasining tarixiy taraqqiyoti, inson faoliyati natijasida şakllangan landşaftlar, qadimiy madaniyatlar va zamonaviy ilmiy yondaşuvlar yuzasidan dolzarb ma’ruzalar tinglanmoqda hamda ilmiy fikr almaşinuvi olib borilmoqda.

Şuningdek, tadbir doirasida Xorazmning noyob tarixiy obidalaridan biri bölgan Hazorasp qal’asida DSc., professor Maşaripov Qudrat tomonidan maxsus master-klass taşkil etildi.

🏰Master-klass davomida iştirokçilar qal’aning tarixiy tuzilişi, mudofaa tizimi va arxeologik ahamiyati bilan yaqindan tanişdilar. Amaliy maşğulot jarayonida qal’a hududi batafsil örganilib, qatnaşçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar.

🏰Şu bilan birgalikda kunning ikkinçi yarmida Amudaryo qirğoğida joylaşgan Xumbuztepa arxeologik yodgorligida master-klasslar davom etdi. Jumladan, PhD. dots. Bahrom Sadullayev “Xumbuztepa arxeologik manzilgohida olib borilgan qazişmalar natijalari” mavzusida ma’ruza qildi.

🏰PhD Ismoilov Şohruxmirzo esa “Quyi Amudaryo havzasidan topilgan yangi tangalar xazinasi” mavzusidagi mahorat darslari tinglovçilarda zör qiziqiş uyğotdi.

Bundan taşqari, Tarix kafedrasi mudiri DSc., professor Matkarimova Sadoqat Maqsudovna esa “Quyi Amudaryo xalqlari oğzaki ijodida suvning ahamiyati” mavzusida amaliy maşğulot ötkazdi.

🏰Şuningdek, konferensiyaning master-klass qismida PhD. dots. Rahimov Şixnazar tomonidan Xumbuztepa arxeologik yodgorligida maxsus amaliy maşğulotlar ötkazildi. Unda yodgorlikning madaniy qatlamlari, topilgan arxeologik topilmalar haqida ilmiy ma’lumotlar berildi.

🏰Mahorat darsi davomida xalqaro ekspeditsiyalar, zamonaviy tadqiqot metodlari va eng sönggi arxeologik kaşfiyotlar haqida jonli fikr almaşdilar.