Ma’mun universiteti mazkur jarayonni mahalliy doiradan global maydonga olib çiqişni maqsad qilgan.

Oliygoh Avstraliya, Çexiya, Polşa, Indoneziya, Yaponiya, Koreya, Malayziya kabi davlatlardagi TOP-1000 talikka kiruvçi talim muassasalari bilan hamkorlik örnatgan. Uning doirasida almaşinuv dasturlari yölga qöyilgan.

Ma’lum qilinişiça, dasturlarda talabalar uçun 200 ta grant ajratilgan. Bu esa bir semestr davomida xorijda öqiş, yangi madaniyatni örganiş yoki ikki diplomli ta’lim (dual degree) loyihasi orqali ikki diplomga ega bölişga şaroit hozirlaydi.

Şuningdek, talabalar yozgi ta’tilni ham ta’lim bilan uyğunlaştirişi mumkin. Yaponiya, Koreya, Indoneziya va Malayziyada taşkil etiladigan yozgi maktab (summer school) dasturlarida bilim oliş bilan birga sayohat ham qilsa böladi.

Universitet mamuriyati ta’kidlaşiça, ta’lim sifati xalqaro darajada e’tirof etilgan. Xususan, Germaniyadagi ACQUIN taşkiloti tomonidan berilgan 6 yillik xalqaro akkreditatsiya diplomlarning qator davlatlarda tan olinişini anglatadi.

Ma’mun universitetida talabalar uçun zamonaviy infratuzilma yaratilgan. Kampuslar, simulyatsion laboratoriyalar, vivariumlar, startap markazlar va biznes hablar ta’limni nazariya bilan çeklab qolmasdan, amaliy könikmalar bilan boyitişga xizmat qiladi.

2026–2027 öquv yili uçun universitet mahalliy abituriyentlarga 1000 ta, xorijiy talabalarga esa 100 ta grant ajratişini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, oliygoh özini faqat ta’lim muassasasi emas, imkoniyatlar platformasi sifatida taqdim etmoqda.

Batafsil ma’lumotni universitetning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlari orqali oliş mumkin.