Ozarboyjon va Rossiya Taşqi işlar vazirliklari qöşma bayonotda 2024 yil dekabr oyida yuz bergan Azerbaijan Airlines (AZAL) yölovçi samolyoti halokatining «oqibatlari tegişli ravişda hal etilganini» ma’lum qildi.

Tomonlar, jumladan, aviahalokat böyiça tovon puli tölaş masalasi ham hal etilganini ma’lum qildi. Biroq, uning miqdori va boşqa tafsilotlar keltirilmadi.

«Taşlangan qadamlar ittifoqçilik hamkorligi doirasida özaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirişga intilişni tasdiqlaydi», deyiladi Rossiya va Ozarboyjon vazirliklari bayonotida.

Hujjatda aytilişiça, samolyot «Rossiya hududida havo hujumidan mudofaa tizimining tasodifiy harakati oqibatida» halokatga uçragan.

AZAL aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçayotgan Embraer E190 samolyoti 2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahrida halokatga uçradi. Hodisa oqibatida 38 kişi halok böldi, 29 kişi omon qoldi.

Samolyot Ukraina dronlarining Kavkaz mintaqalariga hujumi paytida Grozniyga qönolmagan va Kaspiy dengizi orqali Qozoğistonga parvoz qilgan edi. Halokatdan söng, uning fyuzelajida köplab öq izlari topildi.

Hodisa Moskva va Boku munosabatlarida inqirozga sabab böldi. Şu jumladan, Ozarboyjon Rossiyadan avariya uçun javobgarlikni tan olişni talab qilgani uçun ham.

Vladimir Putin faqat 2025 yil oktabr oyida AZAL samolyoti Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan zarbaga uçraganini tan oldi. Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uçraşuvda u halokatga Rossiya havo mudofaasining «texnik nosozligi» sabab bölganini, otilgan ikkita raketa esa «samolyotga bevosita tegmaganini», balki ön metr narida portlaganini aytdi.