Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida yirik yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Toşkent şahar IIBB axborot xizmati ma’lumotiga köra, 5 may kuni soat 16:25 larda Mirzo Uluğbek tumani Mirzo Uluğbek köçasida yuz bergan hodisada 15 ta avtomobil iştirok etgan.
Tarmoqlarda paydo bölgan tasvirlarda Chevrolet Equinox maşinasi katta tezlikda kelib, töxtab turgan maşinalarga urilgani va yöl çetiga çiqib ketgani körinadi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu avtomobil haydovçisi, 73 yoşli R.K soğliği yomonlaşgani sabab boşqaruvni yöqotgan.
Oqibatda avtomobil svetoforning qizil çiroğida töxtab turgan bir neçta transport vositalariga urilib, zanjirli töqnaşuv sodir etgan. Yöl-transport hodisasi oqibatida jami 15 ta transport vositasi texnik şikastlangan.
Hodisa oqibatida halok bölganlar yöq. Equinox haydovçisi «tos suyagi va çap yelka sinişi, boş miya yopiq jarohati» taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Şuningdek, boşqa transport vositalari haydovçilari: 1968 yilda tuğilgan S.E., 1971 yilda tuğilgan M.A. va 1985 yilda tuğilgan S.E. yengil tan jarohati olgan. Ularga şifokorlar tomonidan birinçi tibbiy yordam körsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.

















