Oddiy jangçi Boqijonni izlab – Jyersi orolidagi lagerdan qoçgan özbek askarining siri
|15:11 / 08.05.202633 64215 min
Ikkinçi Jahon uruşi davrida faşistlar Germaniyasi tomonidan bosib olingan Jyersi oroliga minglab asirlar keltirildi - ulardan tunnellar va bunkerlar quriş uçun foydalanilgan. Köplab mahbuslarning taqdiri haligaça noma’lum, ammo BBC ulardan biri - mahalliy fermerlar oilasi öz uyida yaşirgan sovet/özbek askari Boqijonning taqdirini aniqladi. 80 yildan ortiq vaqt davomida oila u haqda heç narsa bilmagan.
Foto: BBCFoto: BBC
BBC jurnalisti Olga Ivşina ta’sirli voqea haqidagi suriştiruviga asoslanib, katta maqolani yozdi.
«Qara, uning surati hali ham oşxonamda, ota-onamning surati yonida turibdi», deydi zamonaviy kiyingan, oq soçli, keksa ayol Dulsi Le Breton.
Oq-qora suratdan inglizça kostyum kiygan, örta yoşlardagi tabassumli erkak bizga qarab turibdi. Bu Boqijon — Fransiya va Britaniya örtasidagi La-Manş böğozida joylaşgan mitti Jyersi orolida nemis istehkomlari qurilişida qatnaşişga majbur etilgan ikki mingga yaqin sovet asirlaridan biri. Öşanda u 33 yoşda, Dulsi esa 7 yoşda edi.
«Hali ham esimda, u men bilan öynardi: biz arğamçi ustidan sakraşni yaxşi körardik, keyin u menga ingliz tilida ertaklar öqir edi. Uruşdan keyin uni topişga harakat qildik. Yillar davomida unga nima bölganini bilişni orzu qilardim», deydi Dulsi. Iyun oyida u 90 yoşga töladi.
Dulsi Le Breton
Tört yil oldin mahalliy tarixçi Kris Eddi Jyersi oroli okkupatsiyasi sönggi guvohlarining hikoyalarini yozib olişga qaror qildi. Şu asnoda u Dulsi bilan tanişdi, uning oilasi bilan sovet soldati örtasidagi ajoyib tanişuv tarixini birinçi marta eşitdi.
Dulsining xotiralarini Jyersi orolidagi gazetalar qayta bosib çiqardi, lekin heç kim Boqijonning töliq ismini va uruş tugagandan keyin unga nima bölganini aniqlay olmadi.
«Rossiyada bir neça bor qarindoş-uruğlarim va döstlarim uçun Ikkinçi jahon uruşida bedarak yöqolgan jangçilar haqida ma’lumot izlaşga töğri kelgan edi, şuning uçun men Boqijonning taqdirini kuzatişga qaror qildim», deydi Olga Ivşina (BBC jurnalisti).
Birinçi qism. Boqijon qanday qilib «Tom»ga aylangani haqida
1940 yilning yozida, Fransiya faşistlar Germaniyasiga taslim bölganidan söng, Britaniya Normandiya orollarini himoya qilmaslikka qaror qildi va Jyersi orolidan qöşinlarini olib çiqdi - rasman orol Birlaşgan Qirollik tarkibiga kirmaydi, ammo aynan Buyuk Britaniya uning mudofaasi va xalqaro aloqalari uçun javobgar edi.
6,5 ming aholi Britaniyaga evakuatsiya qilindi, ammo 40 mingga yaqini orolda – nemis armiyasi bilan yuzma-yuz qoldi.
Mavzuga oid
1941 yil kuzidan boşlab natsistlar orolga keng kölamli istehkomlar tarmoği - tankka qarşi devorlar, bunkerlar va tunnellar quriş uçun asirlarni olib kela boşladi. Eng oğir işlarga sovet hududlarida qölga olingan tinç aholi va harbiy asirlar jönatildi. Ular orasida 1941 yilning yozida hozirgi Ukraina hududida qurşovga tuşib, asirga olingan Boqijon ham bor edi.
Natsistlar Normandiya orollariga önlab mamlakatlardan minglab asirlarni olib keldi. Ammo ular aynan sovet harbiy asirlariga eng yomon munosabatda bölgan.
«Arzimagan nojöya iş uçun bizni qattiq kaltaklaşdi. Agar işlay olmasak, bizni oç qoldirib, yana urişardi. Nemislar bizning kasal ekanimizga heç qaçon işonmagan. Uç oy içida mening 44 kişidan iborat guruhimdan 20 dan ortiği oçlikdan öldi», deb yozdi Boqijon öz kundaliklarida.
Le Bretonlar oilasi Boqijon yozgan 22 varaq sarğaygan qoğoz, daftar va qölbola bloknotni avaylab saqlaydi. Bu qoğozlarda hatto öta holdan toygan holatda ham jim qurbon bölişdan boş tortgan odamning hikoyasi keltirilgan:
«Nemis qölida tayoq kötarib oldimga kelganida, unda mujassam bölgan barça şafqatsizlikni körib, ğazabim qaynab ketdi. Men belkurakni kötarib unga taşlandim va: «Avval seni öldiraman, keyin meni öldirişing mumkin», deb baqirdim. U kulib yubordi, lekin nari ketdi va şundan keyin meni urişga heç qaçon jur’at etmadi».
Istehkomlar qurilişiga Yevropa va Şimoliy Afrikaning önlab mamlakatlaridan işçilarni majburan haydab keltirişgan, ammo natsistlar aynan sovet asirlarini Untermensch - «noraso odam» toifasiga kiritib, eng oğir şaroitlarga joylaştirgan, deydi Jyersi oroli tarixçisi Kris Eddi.
«Karerda ertalab soat 6 dan keçqurun soat 6 gaça toş qazib olardik. Şörva va ozgina sariyoğ qöşilgan juda kiçkina non bölagi asosiy tuşlik ovqatimiz edi. Nonuşta berilmagan. Nemislar hatto qişda ham bizga issiq suv va sovun bermasdi, garçi ba’zilarimiz juldur kiyimda va yalangoyoq bölsak-da, heç qanday qöşimça kiyim berişmagan», deyiladi Boqijon kundaliklarida.
Jyersi muzeyida mahbuslardan biri yasagan qölbola poyabzal hali ham saqlanmoqda: tagçarm örniga qarağay taxtasi, siyqalangan gilamdan paypoq, zanglagan temirdan orqa qismi va tugma örniga sim. Bunday «poyabzal» toş konlarida ötkir toğ jinslariga oyoqni şilmaslikdan yordam bergan.
«1943 yilning 27 aprelida özimni ölimga şunçalik yaqin his qildimki, tavakkal qilib qoçişga qaror qildim», deb yozadi Boqijon. Uç oy davomida u dalalarda yaşirinib, kartoşka pöçoği, xom bryukva yoki sabzi bilan oziqlandi.
Ba’zan Boqijon şu yerlik fermerlarning uyiga borib, ozgina ovqat va bir varaq qoğoz sörardi. Qalamning bir parçasi bilan inglizça sözlarni yozib qöyardi. Uç oy içida u uç mingta sözni yodlab oldi.
Boqijon özi uçun yangi bölgan tilni bir oz örganib olgaç, bir kuni bir neça marta ovqat bergan Le Bretonlarning uyini taqillatdi. «Ba’zan uyingizda tunab qolsam böladimi?» deb söradi.
Jon Le Breton, 39 yoşli baquvvat fermer, maslahatlaşiş uçun rafiqasi Fillisni çaqirdi. Asirni qabul qilib, Le Bretonlar nafaqat öz hayotini, balki tört nafar yoş farzandlarining xavfsizligini ham xavf ostiga qöygan. Qoçib ketgan asirlarga yordam berganlik uçun şafqatsiz jazo közda tutilgan edi: sovet askarini yaşirgan 53 yoşli mahalliy fuqaro Luiza Guld konslagerga yuborilgan va u yerda gaz kamerasida halok bölgan.
Xavf-xatarga qaramay, Le Bretonlar Boqijonga qolişga ruxsat berdi. Bolalar ortiqça gapirib qöyişmasin deb, Fillis uni hammaga «Tom» deb taniştirdi. Ular ikki yildan ortiq birga yaşadi.
Ikkinçi qism. Umiddan umidsizlikka va aksinça
1945 yil may oyida Jyersi nemislardan ozod qilinganidan köp ötmay, orolga sovet elçixonasining harbiy attaşesi keldi. U sobiq sovet asirlarini vataniga qaytarişni taşkil qilişi kerak edi.
Xayrlaşişga vaqt oz edi. Jon Le Breton «Tom»ni özining eng yaxşi kostyumiga kiyintirdi va mahalliy ateleda suratga oldi — surat hali ham Dulsi stolida turibdi.
Boqijon Le Bretonlarga esdalik uçun qölbola uzuklar sovğa qildi. U ketayotib, hayotini saqlab qolgan oila bilan aloqada bölişga va’da berdi.
Köp ötmay Le Bretonlar undan xabar ola boşladi — Boqijon özi va boşqa sobiq asirlar Yevropa orqali olib ötilgunça uçta xat yozib ulgurgan edi.
Keyin xatlar töxtadi.
SSSRda sobiq harbiy asirlarni jiddiy tekşiruv va saralaş kutardi: asirlik yoki nemis nazorati ostida yaşaş faktining özi odamni Stalin davlati uçun şubhali qilib qöygan. Bu mantiq 1941 yil avgustdagi 270-sonli buyruqda ham öz aksini topgan bölib, amalda asirga tuşişni qoçoqlik va xoinlikka tenglaştirgan.
Tekşiruvdan söng ba’zilar uyiga qöyib yuborildi yoki armiyaga qaytarildi, boşqalari işçi batalonlariga, maxsus posyolkalarga yoki qamoq/lagerlarga yuborildi. Arxiv ma’lumotlariga köra, 1946 yil 1 martga kelib SSSRga 4,2 millionga yaqin repatriantlar — sobiq harbiy asirlar va ostarbayterlar — majburiy mehnatga olib ketilgan fuqarolar qaytib kelgan. Ularning 58 foizi uyiga, 19 foizi armiyaga, 14,5 foizi işçi batalonlariga, 6,5 foizi esa NKVD tizimiga — qamoqxonalar, lagerlar yoki boşqa majburiy saqlaş joylariga ötkazilgan.
Ammo sobiq harbiy asirlar uçun filtrlaş oddiy fuqarolarga qaraganda ança qattiq amalga oşirilgan. Tarixçi Şeyla Fitspatrik keltirgan arxiv ma’lumotlariga köra, 1946 yil 1 martga kelib, sobiq sovet harbiy asirlarining taxminan 15 foizi tekşiruvdan söng NKVDga topşirilgan. Fuqarolik repatriantlari orasida bu uluş 2 foizdan kam edi.
Le Bretonlar «Tom»ga nima bölganini bilişga harakat qildi, lekin ular uning uruşdan oldingi hayoti haqida juda kam bilardi. U öz xatini ingliz tilida «Boqijon Akrom» deb imzolagan va bu bir vaqtning özida ikkita muammoni keltirib çiqardi: birinçidan, «Akrom» ismi familiyami yoki otasining ismini körsatadimi, ikkinçidan, sovet kotiblari uruş yillari hujjatlarida buni rus tilida qanday qayd etgan.
«Biz undan ança vaqt xabar kutdik, men hozir ham unga nima bölganini, nima uçun xat yozmay qöyganini bilişga umid qilaman. Biz uni juda-juda yaxşi körardik. Bizning aziz Tomimiz! U şunçaki ajoyib inson - juda mehribon va yoqimtoy edi», deb eslaydi Dulsi.
Uning ota-onasi allaqaçon vafot etgan: Jon Le Breton 1975 yilda, 71 yoşda edi. Fillis — 1993 yilda 82 yoşda edi. Ular natsistlardan qutqarilgan odamning taqdirini bilolmay ketdi. Oilaning Boqijonni yaxşi eslaydigan oxirgi kişisi Dulsi öziga yordam berişni, biror ma’lumot topib berişni söradi.
Sovet harbiy hujjatlarining raqamlaştirilgan arxivlarida — halok bölganlar haqidagi xabarlarda, şaxsiy tarkib röyxatlarida, mukofot varaqalarida «Boqijon» nomi bir neça variantda uçraydi. «Akrom» yoki «Akromov» varianti önlab topiladi. Asta-sekin qidiruv uç kişigaça qisqardi, ammo biri yoşiga mos kelmadi, ikkinçisi esa 1945 yil aprel oyida halok bölgan ekan, bu vaqtda Boqijon tirik va Le Bretonlarnikida edi.
Bir kişi qoldi — Boqijon Akramov, 1910 yilda tuğilgan. Oçiq manbalarda faqat bitta hujjat — 1985 yilda I darajali Vatan uruşi ordeni bilan taqdirlanganligi haqidagi kartoçkani topiş mumkin. Hujjatda Boqijonning yaşaş joyi sifatida hozirgi Özbekiston — Namangan şahri körsatilgan.
Uçinçi qism. Mukofot
Boqijon Akramovning 1985 yilda yaşagan aniq manzilini bilişning birdan-bir yöli — mukofot varaqasining asl nusxasi saqlanayotgan Mudofaa vazirligining Podolskdagi Markaziy arxividan ma’lumot olişdir.
U yerda, Boqijon Jyersi orolini tark etganidan 81 yil ötib, BBC uning qadrdon Namangandagi manzilini topdi.
BBC Özbek xizmati jurnalisti Luiza Xudoyqulova bir paytlar Boqijon Akromov yaşagan uy eşigini taqillatdi. Sersoqol, barvasta bir kişi çiqdi: «Assalomu alaykum, muhtarama! Kimsiz? Bobomning suratlarini qayerdan oldingiz?».
Jyersi orolining şimoliy çekkasida bir bino bor. Bu Dulsi Le Breton kasallikdan tiklanayotgan pansionat. Bugun Dulsi mehmon kutyapti. Ulardan biri — tarixçi Kris Eddini yaxşi taniydi, ammo ikkinçi mehmonning ismini unga aytişmadi. Faqat bu odam olib keladigan yangiliklar uni albatta xursand qilişini aytişdi. Uning karavoti yonidagi tumboçkada onasi, dadasi va Tomning surati.
«Dulsi, bugun men bilan Olga keldi, deb salomlaşadi Kris. — Biz sizga Tom amaki haqida gapirib bergani keldik. Biz uning oilasini topdik».
Uzoq ön soniya davomida Dulsi goh Krisga, goh menga qarab turdi va bu hazil emasligiga işonç hosil qiliş uçun indamadi.
«Aql bovar qilmaydi, tezroq gapiring!», nihoyat qöllarini silkitadi Dulsi.
Jyersi şahridan 6 ming kilometr narida Boqijon Akramovning nevara-çevaralari yaşil dasturxon yozilgan an’anaviy pastak stol atrofida çordana qurib ötirişibdi. Hamma ekranga diqqat bilan qaraydi, ekranda Dulsining hayron bölgan yuzi körinadi. Keksa ayol buni tuş emasligiga hamon işongisi kelmayapti.
Boqijon Akramov uzoq umr körib, 1996 yilda 86 yoşida vafot etdi. Uning bir qizi bor edi, u ham öşa yili vafot etdi, lekin uning törtta nabirasi qoldi.
«Dulsi, biz bobom uruş paytida qayerda bölganini, nima bilan şuğullanganini bilmasdik. U doim bu haqda gapirişdan boş tortardi. Lekin sizga öxşagan yaxşi odamlar tufayli u tirik qoldi! Endi biz hammamiz bu dunyoda mavjudligimizning sababi aynan sizning oilangiz ekanini bilamiz. Rahmat sizga, söz topolmayapman», deydi Boqijonning nabirasi Şamsiddin Oxunboyev köz yoşlarini artib.
Uning sözlariga köra, oilasi doim aqlli va qobiliyatli Boqijonni nima uçun malakali yoki mas’uliyatli işga olişni qayta-qayta rad etişganidan hayron bölgan. Boqijon köp yillar Namangandagi zavodda oddiy boğbon bölib işladi. Endi taxmin qiliş mumkinki, bu nemis asirligida bölgan sovet fuqarolarini uzoq yillar davomida ta’qib qilgan tamğa bilan boğliq edi.
Şamsiddinning aytişiça, bobosi bir kuni yuviniş uçun undan yordam söradi. Şunda u bobosining oyoğida eski çuqur yaralardan qolgan çandiqlarni kördi, ehtimol, Boqijon Jyersi orolidagi lagerda parçalaşga majbur bölgan toğ jinslarining izlari.
«Dulsi, sizni doim uyimizda kutib qolamiz, Özbekistonga taklif qilamiz!», deydi Şamsiddin.
«Voy-voy-voy!», quvonç bilan javob berdi Dulsi va videomuloqotning har ikki tomonidagi barça iştirokçilar kulib yuborişdi.
«Ota-onam qiyinçilikka duç kelgan odamga yordam berişni töğri deb bilgani uçun unga yordam berişdi. Ular Xudoga işonişgan», deb tuşuntirdi Dulsi. Ular Jyersida sovet askarlariga yordam bergan yagona odamlar emasdi. Bunday hikoyalar önlab bölgan va men odamlar ularning barçasini bilişini va eslab qolişini juda xohlardim».
Özbekiston hukumati bu voqeani BBC naşridan bilib oldi va Jon va Fillis Le Bretonlarni «jasorat va rahm-şafqat» uçun mamlakatning oliy davlat mukofotlaridan biri - «Döstlik» ordeni bilan taqdirladi. Orden Dulsi va uning ukasi Alan Le Bretonga topşirildi.