Departamentning Yangiqörğon tumani bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.A. “U.Z.” fermer xöjaligining “Xadikent” MFY hududidagi 12 gektar yer maydonini fuqaro A.N.ga 60 000 AQŞ dollariga sotişga kelişib, göyoki yuqori lavozimda işlovçi tanişlari yordamida uşbu yer maydoni hujjatlarini rasmiylaştirib berişini va’da qilib, oldindan bönak sifatida 15 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Uyçi tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ğ.V. “O.” fermer xöjaligining “Guliston” MFY hududidagi 2 gektar yer maydonini 100 000 AQŞ dollari evaziga göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali yer maydonining toifasini özgartirib va sotişini aytib, uşbu pullar hisobidan 60 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Qiziriq tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Termiz şahar veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi boşliği fuqaro Q.A.ga uşbu bölimning ma’muriy binosi va yer maydonini tanişlari yordamida auksion savdolari orqali sotib olib berişi evaziga 2 000 AQŞ dollari va 12 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Departamentning Danğara tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro U.Q. fuqaro X.R.ning işonçiga kirib, “A.Q.” fermer xöjaligining “Qizilmuşt” MFY hududidagi yer maydonining 10 sotix qismini 20 000 AQŞ dollari evaziga göyoki yuqori lavozimlarda işlovçi tanişlari orqali hujjatlarini rasmiylaştirib berişini aytib, fuqaroga soxta hujjat taqdim etib, kelişilgan puldan 2 000 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Rişton tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda “Navbahor” MFY sobiq raisi B.M. va kadastr agentligining sobiq xodimi R.M. özaro til biriktirib, göyoki kadastr agentligida işlovçi tanişlari orqali “Navbahor” MFY hududidagi 2 sotix yer maydonini fuqaro S.I.ga onlayn auksion orqali yutib, hujjatlarini uning nomiga rasmiylaştirib berişni va’da qilib, 2 700 AQŞ dollarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari aniqlangan.
Tergovga qadar tekşiruvda, R.M.dan 500 AQŞ dollarining qaytarilişi protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
















