Taqdimotda Özbekiston musulmonlari idorasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan işlab çiqilgan takliflar haqida axborot berildi.
Ularga köra, Qurbon hayiti munosabati bilan keng kölamli tadbirlarni amalga oşiriş nazarda tutilmoqda.

Jumladan, oğir va nogironlikni keltirib çiqaruvçi kasalliklarga çalingan 10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti ötkaziş, 2,3 ming nafar onkologik, gematologik va onkogematologik taşxisi qöyilgan bemorlarni tibbiy tekşiruvdan ötkaziş, davolaş va jarrohlik amaliyotlari, şuningdek, kamida 350 nafar bemorda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini ötkaziş xarajatlarini qoplaş közda tutilgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qöllab-quvvatlaşga ham alohida e’tibor qaratiladi. 8 ming nafardan ziyod yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bola hamda Vatan sarhadlarini himoya qiliş yölida qurbon bölgan ota-ona farzandlarining omonat hisobvaraqlariga 200 AQŞ dollari miqdorida pul mablaği ötkaziladi.

Bundan taşqari, 500 ta masjidda aholi uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida zamonaviy tahoratxonalar quriş, rekonstruksiya qiliş yoki ta’mirlaş, şuningdek, joylardagi qabristonlarni obod qiliş işlari amalga oşiriladi.
Davlat ta’minotidagi oilalar, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz yaşovçi hamda yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslar oziq-ovqat töplamlari bilan ta’minlanadi.
Mazkur çora-tadbirlar “Vaqf” xayriya jamoat fondiga ajratiladigan 690 milliard söm mablağ hisobidan moliyalaştiriladi.

Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi toifalari uçun ehson dasturxonlari yoziş, ziyoratgohlar va diniy ta’lim taşkilotlarida qurbonlik tadbirlarini ötkaziş rejalaştirilgan.
Prezident ehtiyojmand aholini qöllab-quvvatlaş, bemorlarni davolaş va bolalarga kömak körsatiş bilan boğliq tadbirlar şaffof va manzilli taşkil etilişi zarurligini ta’kidladi hamda mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berdi.

















