Toşkent tumani Keles şaharçasidagi yangi qurilayotgan binoda yonğin sodir böldi, deb xabar berdi FVV.

Xabarga köra, 23 may soat 13:39 da “112” tizimi orqali Toşkent tumani Keles şaharçasi, Olmazor köçasida joylaşgan yangi qurilayotgan binoda yonğin sodir bölayotganligi haqida Toşkent viloyati FVBBga xabar kelib tuşdi.

Xabarga asosan, 2 ta qutqaruv bölinmasi soat 13:45 da hodisa joyiga yetib borib, yonğin soat 13:48 da örab olingan va soat 13:54 da töliq bartaraf etilgan.

Yonğin oqibatida yangi qurilayotgan binoning yertöla qismida taxminan 40 kv.m maydonda quriliş çiqindilari yonib zararlangan.

Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Tan jarohati olganlar haqida murojaatlar kelib tuşmagan.