Eron aholisining bir qismi internetga ega böldi, deb xabar berdi NetBlocks monitoring taşkiloti.

«Real vaqt ma’lumotlari şuni körsatadiki, Eronda xalqaro tarmoqlardan deyarli töliq izolyatsiya qilingan 2093 soat, 88 kundan söng, internetga kiriş qisman tiklangan», deyiladi NetBlocks bayonotida.

Taşkilotning ta’kidlaşiça, bu yangi tarixdagi eng uzoq davom etgan umummilliy internet uzilişidir.

Eronda internet 28 fevral kuni, AQŞ va Isroil zarbalari boşlanganidan keyin öçirildi.

26 may kuni Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon internetga kirişni qayta tiklaş töğrisida buyruq berdi.

Eronda internetning tiklanişi barqaror böladimi yoki yöqmi, hozirça noma’lum, deb ta’kidladi NetBlocks.