Donald Tramp Eronda uruş tugagani haqida ança avval aytgandi. Keyin tomonlar muzokaraga juda yaqin, kutib turing, ikki haftagina qoldi va biz ğalaba e’lon qilamiz, dedi. Lekin kuni keça Tramp «harbiy qudrati töliq yöq qilingani»ni aytgan Eron armiyasi Hörmuz böğozi uzra uçayotgan Amerikaning maşhur Apache vertolyotini urib tuşirdi.

Eron oldin Amerika samolyotini ham urib tuşirgan, lekin Apache qulaşi jiddiy voqea böldi. Çunki vertolyot pastlab uçadi, uni duşman osmonida patrulga çiqargan davlat uçoqqa heç kim xavf solmasligiga işonadi, jang maydonida ğalabasi tayin bölgan deb biladi.

Amerika armiyasining bu afsonaviy vertolyotini avval ham urib tuşirişgan, aynan Yaqin Şarqda, Iroq uruşi davomida. Eronliklar Apaçeʼni urgaç, Amerika yana Eronga zarbalar yoğdirdi, muzokaralar töxtab qoldi. Amerika va Isroil boşlagan mantiqsiz uruş Qöşma Ştatlarda jahon çempionati boşlangan vaqtda ham davom etadigan böldi.

Karbaloda ham urişgandi

Apache juda maşhur uçoq, harbiy vertolyotlar orasida eng maşhuri desa ham böladi. Amerikaning bu afsonaviy uçoği köp marta Yaqin Şarqqa «kömilgan». Iroqdagi uruşda amerikaliklar bir neçta Apache yöqotgan. Iroqliklar uni tankka qarşi qurol yoki oddiy pulemyot bilan urib tuşirgan. Şuningdek, çöl şaroitida qiyinçilikka uçragan vertolyotlar qulab tuşgan holatlar ham bölgan.

2003 yil bosqinçilar Karbaloni egallaş uçun vertolyotlar bilan şturm qilganda jiddiy hujumga uçraydi. Hujumda qatnaşgan 31 vertolyotning barçasi zarar köradi, bitta Apache urib tuşiriladi. Urib tuşirilgan uçoq va asir olingan uçuvçilarni televizorda körsatişadi. Keyinçalik amerikaliklar vertolyotni havo zarbasi bilan yöq qiladi, lekin şarmandalik uçun öşa voqealarning özi kifoya edi. Keyinçalik yamanlik husiyçilar ham Saudiya armiyasiga tegişli Apaçeʼni urib tuşirganini xabar qilgandi. Aynan Karbalodagi holat bu maşhur vertolyot bilan sodir bölgan eng esda qolarli voqea bölgandi.

Mana, endi Eronda Apache urib tuşirilişi navbatdagi eskalatsiyaga sabab bölmoqda. Aytgança, toping-çi, eronliklar uni nima bilan urib tuşirişdi? Esingizda bölsa, Iroqda Apaçeʼni mahalliy dehqon otasidan qolgan eski qurol bilan urib tuşiribdi, degan uydirma tarqalgandi. Hozirgi internet asrida bunaqa gap tarqatiş imkonsiz. Ha, töğri topdingiz, Apache eronliklar tomonidan dron bilan urib tuşirilgan. 2026 yilda boşqaça bölişi ham mumkin emas axir. Ukraina zamonaviy uruş qoidalarini butkul özgartirib yubordi, endi qimmat raketalar, tanklar, temir-tersak davri ötdi. Mana, Apache deganlarini ham arzon-garov dron bilan urib tuşirişdi.