Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qöllab-quvvatlaş maqsadida Global özgarişlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari körib çiqildi.

Toni Bler Özbekistondagi izçil va keng kölamli transformatsiya jarayonlariga yuksak baho berdi. Yaqinda bölib ötgan Toşkent xalqaro investitsiya forumi yurtimiz investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlaş, işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş va istiqbolli taşabbuslarni ilgari suriş uçun samarali xalqaro maydon bölgani e’tirof etildi.

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, yetakçi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb etiş hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallaştiriş, jumladan, ilğor innovatsion yeçimlarni joriy qiliş kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida belgilandi.


















