Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi negizida Jahon islom sivilizatsiyasi alyansi taşkil etiladi.
Xabar qilinişiça, Toşkent şahrida bölib ötgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi iştirokçilari 10 ta muhim taşabbusni qamrab olgan deklaratsiyani bir ovozdan qabul qildi. 40 dan ortiq davlatning 300 ga yaqin xorijiy iştirokçilari deklaratsiyaga muvofiq Jahon islom sivilizatsiyasi alyansini taşkil etiş taşabbusini bir ovozdan ma’qulladi.
Alyans xalqaro taşkilotlar, ilmiy va ta’lim muassasalari, fanlar akademiyalari, muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, islom qölyozmalari markazlari, tadqiqot institutlari hamda boşqa ixtisoslaşgan taşkilotlarni birlaştiradi.
Qayd etilişiça, alyansning asosiy maqsadi uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy, ta’limiy, madaniy, muzey va raqamli loyihalarni amalga oşiriş, bilim va ilğor tajriba almaşinuvini rağbatlantiriş, şuningdek, islom sivilizatsiyasining jahon madaniy va intellektual merosining ajralmas qismi sifatidagi bunyodkorlik salohiyatini asraş, ilmiy örganiş, ommalaştiriş va keng namoyon etişga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlaştirişdan iborat.












