Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga E-9 vizasi asosida işga yuboriladigan vatandoşlardan bazaviy hisoblaş miqdorining 50 baravari (20 mln 600 ming söm) miqdorida xizmat haqi undirmoqda.

Bu haqda agentlik direktori Behzod Musayev tomonidan 2025 yil 24 iyul kuni imzolangan buyruqqa asoslanib, Vatandosh naşri xabar berdi.

XDFU (“Xizmat doirasida foydalaniş uçun”) maqomidagi 106-sonli buyruqda Migratsiya agentligi tomonidan xorijga işga yuboriş xizmatlari uçun tariflar belgilangan.

Mazkur tariflarga köra, Janubiy Koreyaga E-9 vizasi asosida işga yuboriladigan Özbekiston fuqarolari Migratsiya agentligiga jami 50 BHM miqdorida xizmat haqi tölaşi belgilangan. Şundan 40 BHM xorijda işga joylaştiriş xizmati uçun, yana 10 BHM esa ketişdan oldingi öqitiş va moslaştiriş xizmati uçun undiriladi.

“Bir qaraşda bu oddiy tarifdek körinişi mumkin. Biroq uşbu buyruqda boşqa davlatlar uçun belgilangan xizmat haqlari bilan taqqoslanganda farq juda katta ekani körinadi.

Masalan, Yaponiyaga işga yuboriş xizmati uçun jami 10 BHM belgilangan. Turkiyaga taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi orqali yuboriladigan fuqarolardan esa atigi 3 BHM undiriladi. Yevropa davlatlari, Rossiya Federatsiyasi hamda qator arab mamlakatlariga yuborilayotgan fuqarolar uçun esa 2026 yil oxirigaça agentlik xizmatlari böyiça umuman tölov belgilanmagan”, – deya yozadi Vatandosh.

Naşr bu borada bir qator savollarni örtaga taşlagan:

  • Nega aynan Janubiy Koreya uçun xizmat haqi boşqa yönalişlarga nisbatan bir neça baravar yuqori? Nima uçun Yaponiya uçun 10 BHM yetarli deb hisoblangan bölsa, Koreya uçun 50 BHM zarur deb topilgan? Bu tarif qanday iqtisodiy hisob-kitoblar asosida şakllangan?

“Davlat organi tomonidan belgilanadigan har qanday tölov subektiv mulohazalar bilan emas, aniq iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslanişi lozim. Çunki gap xususiy kompaniya belgilagan narx haqida emas, davlat idorasi fuqarolardan majburiy tartibda undiradigan xizmat haqi haqida ketmoqda”, – deya qayd etgan jurnalistlar.