«Zolotaya Korona» xalqaro pul ötkazmalari tizimi orqali Özbekistonga mablağ yuborişda muammo kuzatilmayapti va yuborilgan ötkazmalar belgilangan tartibda aholiga berilyapti. Bu haqda 29 iyul kuni Markaziy bankda ötkazilgan matbuot anjumanida Valyutani tartibga soliş va nazorat qiliş departamenti rahbari Otabek Tojiddinov ma’lum qildi.
2026 yilning birinçi yarmida Özbekistonga xalqaro pul ötkazmalari hajmi 9,3 milliard dollarni taşkil etgan. Bu 2025 yil mos davriga nisbatan 13 foizga köp. Mazkur mablağlarning qariyb 2,4 milliard dollari «Zolotaya Korona» tölov tizimi orqali kelib tuşgan.
«Zolotaya korona orqali kelib tuşayotgan mablağlar faqat Rossiyadan yuborilmaydi - Koreya, Turkiya, Qozoğiston, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boşqa mamlakatlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarimiz hamda özbek diasporasi vakillari tomonidan yuborilgan mablağlar ham mamlakatimizga kelib tuşadi. Sanksiyalar «Zolotaya korona»tizimining öziga emas, balki uning korrespondent bankiga qöllanilgan. Mamlakatimiz tijorat banklari «Zolotaya korona» rahbariyati bilan kelişgan holda texnik operatorni sanksiyalar ta’siriga tuşmagan boşqa bankka ötkaziş böyiça muzokaralar olib bormoqda, kelasi haftadan yangi operator orqali iş boşlanişi kutilyapti. Umuman olganda, mazkur vaziyatning Özbekistonga töğridan-töğri ta’siri sezilarli yemas. Şu bilan birga, masalani qisqa muddatlarda töliq hal etiş maqsadida Markaziy bank va tijorat banklari tomonidan barça zarur çoralar körilmoqda», dedi Otabek Tojiddinov.

















