Gurjistonning bir neçta banki «Zolotaya korona» pul ötkazmalari tizimi bilan hamkorlikni töxtatdi. Bunga tizimni işlab çiqargan kompaniyalardan biriga nisbatan sanksiyalar joriy etilgani sabab bölmoqda.
«Foydalanuvçilarning ma’lum qilişiça, TBC Bank öz ilovasidan «Zolotaya Korona»ni butunlay olib taşlagan, Rico servisi esa oldinroq amalga oşirilgan tölovlarni körsatmayapti, Bank of Georgia bölsa ötkazmalarni bekor qilib yubormoqda. Credo banki hozirda işlab turibdi», — deyiladi xabarda.
Gurjiston hududida tölov tizimi taqiqlangani töğrisida rasmiy ma’lumot e’lon qilinmadi. «Zolotaya korona» Rossiyadan Gurjistonga pul ötkazmalari soni böyiça yetakçi hisoblanadi.
Avvalroq AQŞ Moliya vazirligi Rossiya moliya bozoridagi uçta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar qölladi — «Atol», «Diasoft» va «Moliyaviy texnologiyalar markazi» (MTM). Uşbu kompaniyalarning oxirgisi «Zolotaya korona» bilan boğlangan. Maşhur tölov tizimi oldinlari MTM guruhida bölgan.
MTM «Zolotaya korona»ning dasturiy ta’minotini, jumladan mobil ilovasini işlab çiqqan. Kompaniya kartalar va pul ötkazmalari bilan işlaş, şu jumladan, tranzaksiyalar reyestrini şakllantiriş hamda uni tölov tizimi va bankning operativ-kliring markaziga yönaltiriş böyiça «Zolotaya korona» bilan özaro hamkorlikni qöllab-quvvatlab keladi.

















