Qozoğistondagi bir qança yirik banklar «Zolotaya korona» orqali pul ötkazmalarini töxtatdi. Xususan, Qozoğistonning HalykBank, Bank RBK va Yevrosiyo banki rossiyaliklar bilan tölov operatsiyalarini amalga oşirişni töxtatdi. Bu haqda 29 avgust, payşanba kuni Rossiyaning TASS axborot agentligi xabar berdi. Uçta moliya instituti ham tölov tizimi bilan işlaş «texnik sabablarga köra» töxtatilganini bildirdi.

Freedom Bank birinçi bölib bir kun avval tölov tizimi bilan işlaşdan boş tortganini e’lon qildi va bu qadamni «texnik işlar bajarilişi» bilan izohladi. Bank bayonotiga köra, tölov tizimidan qöşimça ma’lumot olgandan söng keyingi çoralar köriladi.

Şu bilan birga, Qozoğistonning boşqa yirik banklari – TsentrKredit, Bereke Bank va Nurbank hozirça «Zolotaya korona» orqali tölovlarni amalga oşirişda davom etişini ma’lum qildi.

AQŞ «Zolotaya korona» işlab çiquvçisiga qarşi sanksiyalar kiritdi

«Zolotaya korona» - bu rossiyaliklar tomonidan çet elda pul yeçib oliş va mamlakat SWIFT'dan uzilganidan hamda Visa va Mastercard tölov tizimlaridan çiqib ketganidan keyin çet eldan pul oliş uçun foydalaniladigan asosiy tölov xizmatlaridan biri.

23 avgust kuni AQŞ Moliya vazirligi «Zolotaya korona» yaratuvçisi – «Tsentr finansovyx texnologiy» IT-kompaniyasiga qarşi bloklovçi sanksiyalar kiritdi. Endi Qöşma Ştatlarda röyxatdan ötgan yuridik şaxslar kompaniya bilan özaro aloqada bölolmaydi va «Tsentr finansovyx texnologiy»ning özi tölovlarni dollarda amalga oşiriş imkoniyatini yöqotadi.

Avvalroq Rossiyadagi mijozlariga xorijda pul yeçib olişda yordam bergan «Yunistrim» xizmati ham Ukrainadagi uruş tufayli AQŞ sanksiyalari ostida qolgan edi.