Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Putinning tahdidi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa harakatlariga javoban ularning kemalarini ham egallab oliş bilan tahdid qildi. Rossiya rahbarining bu bayonoti çorşanba kuni Tinç okeani floti maşğulotlarining yakuniy bosqiçiga taşrif çoğida yangradi.
«Yevropa Ittifoqining yaqinda qabul qilgan qarorlariga e’tibor qaratmoqçiman. Körib turibmizki, ba’zi mamlakatlar hukumatlari Xalqaro dengiz huquqini buzgan holda iqtisodiy operatorlarimiz kemalarining tinç yöl bilan harakatlanişini çeklaşga urinmoqda. Yaqinda esa kemalarimizni egallab oliş va bizdan talon-toroj qilingan mulkni sotiş imkoniyatini öylab topişdi», dedi Putin.
«Albatta, bu qaroqçilik va talonçilikdan boşqa narsa emas. Agar bu amaliyotda amalga oşirilsa, biz xuddi şunday javob qaytarişga majbur bölamiz», deya ta’kidladi u. Rossiya prezidenti sözlariga köra, bu Moskva «zarur va maqsadga muvofiq» deb bilgan istalgan joyda, şu jumladan, «Tinç okeani floti hududi»da ham sodir böladi.
Iyun oyida Örta Yer dengizidagi Yevropa mamlakatlari harbiylariga - Rossiya «soya floti»ning bir qismi deb hisoblangan kemalarni tekşiriş huquqi berilgandi. Maqsad – Rossiyaning Ukrainadagi uruşni «moliyalaştiriş» imkoniyatlarini çeklaş.
Bundan taşqari, Yevroittifoqqa a’zo davlatlar «soya floti» kemasi uşlanganidan keyin undagi yukni musodara qiliş imkoniyatiga ega bölişdi. Bunday yuk sotilişidan tuşgan mablağlar esa hibsga olişni amalga oşirgan davlatga ötkazilişi mumkin.
Yevropa Ittifoqining sanksiyalar röyxatida Rossiyaning «soya floti»ga kiruvçi qariyb 700 kemaga nisbatan çeklovlar bor.
Isroil harbiylari va köçmançilar töqnaşdi
Isroil qöşinlari Ğarbiy sohildagi postda yahudiy köçmançilar bilan töqnaş keldi.
Çorşanba kuni ertalab harbiylar köçmançilarni tarqatib yuboriş uçun ularga qarşi közdan yoş oqizuvçi gaz işlatgan. Ammo harbiylar köçmançilarni hududdan haydab çiqara olmagaç, u yerdan çekingan.
Qamaldagi uçta uydan birida yaşovçi falastinlik ayolning aytişiça, köçmançilar uşbu postni tört kun oldin örnatişgan. Öşandan beri falastinliklar qamalda qolmoqda.
















