Prezident Administratsiyasi töğrisidagi qonun imzolandi. Tadbirkorlikni litsenziyasiz boşlaşga vaqtinçalik ruxsat beriladigan böldi. Bolaga familiya beriş tartibi özgardi. Ekstremizm ta’rifiga aniqlik kiritiladi va jazo qayta körib çiqiladi. Toşkentda uy-joy boşqaruvi bilan boğliq yirik firibgarlik foş etildi. Kunning muhim yangiliklari bilan taniştiramiz.

Prezident Administratsiyasi töğrisidagi qonun imzolandi

«Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi töğrisida»gi konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Qonun bilan Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlaşning konstitutsiyaviy mexanizmlari huquqiy jihatdan rasmiylaştirildi.

Administratsiyaning asosiy vazifalari sifatida Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari amalga oşirilişini taşkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlaş; farmon, qaror va farmoyişlari loyihalarini hamda topşiriqlarini tayyorlaş, ularning ijrosini taşkil etiş, nazoratini olib boriş hamda ularni amalga oşirişga kömaklaşiş; mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirişga oid yangi taşabbuslarini işlab çiqiş va boşqalar belgilandi.

Administratsiya prezidentga bevosita böysunuvçi davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiradi, ularni takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlaydi va prezidentga kiritadi.

Tadbirkorlikni litsenziyasiz boşlaşga vaqtinçalik ruxsat beriladi

Qonunçilikka kiritilgan qöşimçalar bilan litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatni «Biznesga litsenziyasiz kiriş» maxsus rejimi doirasida oliş tartibi belgilandi.

Unga köra, talabgor maxsus elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali vakolatli organni xabardor qilgan holda, tegişli faoliyatni litsenziya yoki ruxsat etiş xususiyatiga ega hujjatsiz boşlaşi mumkin. Maxsus rejimning amal qiliş muddati 3 oy etib belgilangan. Uşbu davrda talabgor muayyan faoliyatni litsenziyasiz yoki ruxsat beruvçi hujjatsiz amalga oşirgani uçun javobgarlikka tortilmaydi.

Biroq tadbirkor 3 oy davomida öz faoliyatini litsenziya yoki ruxsat beriş talablari va şartlariga muvofiqlaştirişi lozim.

Bolaga familiya beriş tartibi özgardi

Yangi qonun bilan Oila kodeksining 69-moddasiga özgartiriş kiritildi va otaning ismini bolaga familiya sifatida berilişi mumkin böldi.

Şuningdek, ota yoki ona tomonidan milliy an’analarga muvofiq bobosining ismi böyiça ham familiya berişga ruxsat etildi.

Avval amaldagi Oila kodeksida otaning ismini bolaga familiya sifatida beriş nazarda tutilmagan edi.

Ekstremizm ta’rifiga aniqlik kiritiladi va jazo qayta körib çiqiladi

Senat ma’qullagan Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga özgartirişlar kiritilib, ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni tayyorlaş, saqlaş va tarqatiş bilan boğliq huquqbuzarliklar uçun javobgarlik çoralari liberallaştirilmoqda.

Xususan, bunday harakatlarni birinçi marta sodir etganlik uçun jinoiy javobgarlik bekor qilinib, ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda, takroran sodir etilgan taqdirdagina jinoiy javobgarlik yuzaga kelişi qayd etilmoqda.

Şuningdek, «Ekstremizmga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Qonun takomillaştirilib, ekstremizm tuşunçasiga aniq ta’rif berilmoqda. Şuningdek, qonunçilikdagi «diniy ekstremizm» atamasi «ekstremizm» atamasi bilan almaştirilib, huquqni qöllaş amaliyotida yagona huquqiy yondaşuv ta’minlanmoqda.

Qonun prezident tomonidan imzolanganidan keyin kuçga kiradi.

Toşkentda uy-joy boşqaruvi bilan boğliq yirik firibgarlik foş etildi

Toşkentning Uçtepa tumanida özini köp qavatli uy boşqaruv organi rahbari sifatida körsatib, xonadon egalarining yirik miqdordagi mablağini firibgarlik yöli bilan qölga kiritganlik holati foş etildi.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Uçtepa tumani bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilganida A.B. va M.B. özini göyoki Vatanparvar mahallasi hududida joylaşgan 29-sonli uyning boşqaruv organi rahbari sifatida körsatib kelgani aniqlangan. Ma’lum qilinişiça, ular mazkur uydagi xonadonlarda yaşovçi fuqarolarning işonçiga kirib, jami 574,6 mln söm mablağni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.