Traber 27-avgust kuni keçqurun «Lefortovo»dan ozod qilingan va özi hibsga olingunga qadar yaşagan Sankt-Peterburgga yöl olgan. Bu haqda Peterburgning «Fontanka» naşri xabar berdi. Maʼlumotni TASS agentligi ham öz manbasiga tayanib Vlad Karkov/IMAGO/ZUMA Wire.
«Fontanka» maʼlumotiga köra, Traberga nisbatan jinoyat işini olib borayotgan tergovçi uni hibsdan ozod qiliş töğrisida qaror qabul qilgan. Bunga 75 yoşli ayblanuvçining soğliği keskin yomonlaşgani sabab bölgan.
Naşr Traber taxminan soat 19:00 da «Lefortovo»ni tark etganini maʼlum qildi. Ayni paytda jurnalistlar uning ozod qilinişi jinoyat işi tugatilganini anglatmasligiga urğu bergan.
Traber 17-iyundan beri hibsda edi
Moskva Basman sudi 17-iyun kuni Ilya Traberni ikki oyga hibsga olgan. 13-avgustda esa uning hibs muddati yana ikki oyga uzaytirilgan edi.
Tadbirkorga Rossiya Jinoyat kodeksining uyuşgan guruh tomonidan ğarazli maqsadlarda qotillik sodir etiş hamda uyuşgan guruh tarkibida qurol-yaroğning noqonuniy muomalasiga oid moddalari böyiça ayblov qöyilgan.
Jinoyat işi 2020-yil kuzida Leningrad viloyati Viborg rayonidagi munitsipal tuzilma deputati Aleksandr Petrovning öldirilişi bilan boğliq.
Tergov maʼlumotlariga köra, Petrov Viborg yaqinidagi kotteji hududida bölgan vaqtda daryoning qarama-qarşi qirğoğidan öq uzilib, öldirilgan. Uşbu iş doirasida jami tört nafar şaxs qölga olingan.
OAV Traberni jinoiy doiralar bilan boğlaydi
Ilya Traberning biznes manfaatlari Sankt-Peterburgdagi portlar bilan boğliq. U 1990-yillarda şahardagi yirik antikvariat savdogarlaridan biri bölgan, şuningdek, «Peterburg neft terminali» kompaniyasini nazorat qilgan.
Öşa yillarda Traber Sankt-Peterburg meriyasida işlagan Vladimir Putin bilan taniş bölgani ham qayd etiladi. Şu munosabat bilan ayrim OAV uni «Putinning dösti» deb ataydi.
Rossiya va xorijiy OAV Traberni jinoiy doiralar bilan ham boğlab keladi. 2016-yilda Ispaniya uni «rus mafiyasi»ga oid iş doirasida qidiruvga bergan.
2018-yilda esa Traber uni «Tambov jinoiy guruhi» aʼzosi deb atagani uçun «Dojd» telekanali ustidan sudga murojaat qilgan. Telekanal syujeti Traberning Rossiya şimoli-ğarbidagi portlardagi biznesi va uning tadbirkor Nikolay Şamalov bilan hamkorligi haqida edi.

















