Toşkentning «Bunyodkor» klubi murabbiylar ştabi bilan xayrlaşdi.
«Boş murabbiy Ilyos Zeytullayev hamda uning yordamçilari Alessandro Spinolio, Andres Moauro va Marko Nikodemo öz xohişi va tomonlarning özaro kelişuviga köra isteʼfoga çiqdi», deyiladi klub xabarida.
Öz navbatida Ilyos Zeytullayev ijtimoiy tarmoqda «Bunyodkor» muxlislari va futbolçilari bilan xayrlaşdi.
«Har bir narsaning öz vaqti-soati va örni bor. «Bunyodkor» futbol klubi bilan birga bu ajoyib yölni bosib ötgan har bir inson uçun Xudoga şukr qilaman. Zero, har biringiz hayotimda öz izingizni qoldirdingiz», deb yozdi u.
Zeytullayev 2024-yil aprel oyida «Bunyodkor» klubida boş murabbiy yordamçisi sifatida iş boşladi. Şu yil kuzida jamoani boş murabbiy sifatida qöliga oldi.
Uning öz sözlariga köra, jamoaga kelganida «Bunyodkor» turnir jadvalining sönggi poğonasida bölgan, ötgan (2025-yilgi) mavsumni esa jamoa 5-örinda yakunladi.
2026-yilgi mavsumdan oldin klub köp yillik homiysidan ajraldi va jiddiy moliyaviy muammolar girdobiga tuşib qoldi. Moliyaviy muammolar sönggi oylarda jiddiy tus oldi. Klub avval sobiq futbolçisi Rivaldo oldidagi qarzdorlik sabab FIFA tomonidan transfer taqiqiga uçradi, keyin safar öyiniga boriş uçun mablağ topa olmadi va texnik mağlubiyat yozildi. Şundan söng klubga 5 mlrd söm ajratildi. Biroq oradan köp ötmay, «Bunyodkor»ning yana bir sobiq legioneri - yapon futbolçisi Itsuki Urata oldidagi qarzdorligi böyiça FIFA qarori maʼlum böldi.
Ayni paytda klub qatorasiga 9 ta öyinni yutqazib, Superligada 19 oçko bilan 15-örinda bormoqda.













