Ohangaronda boğça bolasi ölimi yuzasidan jinoyat işi oçildi
Toşkent viloyati, Ohangaron şahridagi boğçada sodir bölgan hodisa yuzasidan jinoyat işi oçildi.
Aniqlanişiça, 28-avgust kuni davlat maktabgaça taʼlim taşkiloti tarbiyalanuvçisi, 3 yoşli öğil bola oşxonada turgan haşarotlarga qarşi dori vositasini isteʼmol qilib, zaharlangan. Şahar tibbiyot birlaşmasida körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bola oradan 2 kun ötib, 30-avgustda vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasb yuzasidan öz vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işi doirasida 1 nafar şaxs gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilingan.
Toşkentda jamoat transportida elektron tölov narxi oşadi
1-oktabrdan Toşkent şahrida avtobus va metroda bir martalik qatnov uçun elektron tölov narxi oşadi. Bu haqda xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra, avtobus va metropolitenda bir yölovçining bir martalik qatnovi uçun naqd tölovda 3000 sömligiça qoladi, elektron tölov tizimi orqali tölanganda esa rağbatlantiruvçi çegirma bilan 2500 söm undiriladi. Bir yölovçining bagajini taşiş xizmati 4000 söm etib belgilangan.
Transport kartasidan foydalanib, bir soat içida bir avtobusdan boşqasiga ötilganda birinçi avtobus uçun 2500 söm, ikkinçisi uçun 1500 söm tölanadi. Uçinçi va keyingi avtobuslarda qatnov bepul böladi.
Gazlaşmagan hududlar uçun elektr energiyasiga imtiyozli tariflar işlab çiqiladi
«Yoqilği-energetika tarmoğini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari» töğrisidagi prezident farmoni qabul qilindi. Farmonda gazlaşmagan hududlar uçun elektr energiyasiga imtiyozli tariflarni joriy qiliş vazifasi qöyilgan. Jumladan, hujjatda 2027-yil fevralgaça: - elektrlaştiriladigan isteʼmolçilar, şuningdek, tabiiy gaz taʼminoti mavjud bölmagan va isitiş maqsadida elektr energiyasidan foydalanib kelayotgan isteʼmolçilar uçun elektr energiyasining imtiyozli tariflarini belgilaş; - elektrlaştiriş natijasida almaştiriladigan energiya samaradorligi yuqori bölgan maişiy texnikalarni sotib olişda qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini joriy etişdan iborat elektrlaştiriş konsepsiyasi işlab çiqilişi kerakligi belgilangan.
Loyiha 2027-yil aprelgaça hukumatga kiritilişi közda tutilgan.
Jizzaxda YHXB inspektori sodir etgan «avariya»da bir kişi halok böldi
Jizzax viloyati, Zomin tumanida 26-sentabrdan 27-sentabrga ötar keçasi inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi.
Kun.uz manbasi xabariga köra, 34 yoşli D.A. Lacetti maşinasini boşqarib ketayotib, özidan oldinda çapga burilişni amalga oşirayotgan yuk maşinasi ortiga borib töxtagan. Şunda bir yönalişda kelayotgan, Jizzax viloyati YHXB inspektori 27 yoşli J.A. boşqaruvida bölgan ikkinçi Lacetti ortdan kelib urilgan. Oqibatda oldindagi Lacetti yuk maşinasi bilan töqnaşgan. Unda yölovçi sifatida ketayotgan 35 yoşli F.R. oğir tan jarohati olib, şifoxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. 3 farzandning otasi bölgan erkak körsatilgan tibbiy yordamga qaramay, şifoxonada vafot etgan.
Inspektor maşinani mast holda boşqargani aytilmoqda. Hozir holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xivada «aqlli şahar» barpo etiş loyihasi boşlandi
Pokistonning Habib Rafiq Engineering kompaniyasi Xiva şahrida «aqlli şahar» barpo etiş böyiça investitsiya loyihasini amalga oşirişga kirişdi.
Loyiha Özbekistonning Pokistondagi elçixonasi, Xorazm viloyati hokimligi va kompaniya örtasida olib borilgan muzokaralar natijasida yölga qöyilgan.
Uning doirasida Xivaning yangi qismini zamonaviy şaharsozlik tamoyillari asosida barpo etiş rejalaştirilgan. Hududda turar joy majmualari, ijtimoiy va tijorat obyektlari, transport hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, kommunal xizmat körsatiş obyektlari bosqiçma-bosqiç qurilişi közda tutilgan. Xabarda investitsiya miqdori, loyiha maydoni va uni yakunlaş muddatlari oçiqlanmagan.










