Özbekistonda Google Pay xizmati işga tuşdi

Google Cloud platformasining Davlat siyosati va davlat taşkilotlari bilan aloqalar yönalişi böyiça rahbari Marsin Krasuski Özbekistonda Google Pay xizmati işga tuşirilganini eʼlon qildi.

Bu haqda u Samarqand şahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQŞ örtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida maʼlum qildi.

Google Pay (yoki qisqaça G Pay) - bu Google kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan, smartfon, planşet yoki smart-soat orqali xaridni amalga oşirişga möljallangan raqamli hamyon va elektron tölov tizimi.

Uşbu tizim foydalanuvçilarga öz bank kartasini telefonga ulab, internetda, şuningdek, dökonlarda kontaktsiz tölov qiliş imkonini beradi.

Özbekiston aholisi 39,5 milliondan oşdi

2026-yil 1-oktabr holatiga Özbekistonning doimiy aholisi 39 million 535 ming 225 kişini taşkil etdi. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 692,2 ming kişiga yoki 1,8 foizga köp.

Aholi soni böyiça Samarqand viloyati yetakçilik qilmoqda - hududda 4 million 462 ming 783 kişi istiqomat qiladi. Ikkinçi örinda 4 million 293 ming 1 kişi bilan Farğona viloyati, uçinçi örinda esa 3 million 799 ming 43 kişi bilan Toşkent viloyati turibdi.

Samarqand va Farğona aholisi tört milliondan oşgan ikki viloyat bölib turibdi. Sirdaryo esa doimiy aholisi bir millionga yetmagan yagona hududdir.

Toşkentda kuryerga qöpollik qilgan şaxs qamaldi

Toşkentning Mirobod tumanida B.P. restorani vakilining kuryerga qöpol muomala qilgani aks etgan video tarqalişi ortidan ikki yönalişda çora körildi: u 5 sutka maʼmuriy qamoqqa hukm qilindi, piyodalar yölagi esa «qonunçilik talablariga muvofiq holga keltirildi».

Toşkent şahri IIBB maʼlumotiga köra, hodisa 17-oktabr kuni sodir bölgan. Kuryer skuterda piyodalar yölagi orqali harakatlanganda, restoran vakili uni töxtatib, haqorat va uriş bilan tahdid qilgan.