Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudi “Quramax Medikal” MÇJga farmatsevtika faoliyatini amalga oşiriş uçun berilgan 2019 yil 10 dekabrdagi P6580-sonli litsenziyani bekor qiliş böyiça qaror çiqardi.
Bugun, 13 yanvar kuni bölib ötgan oçiq sud majlisida e’lon qilingan qarorga asosan, qöllaş uçun yaroqsiz dori vositalari muomaladan çiqarilib, yöq qilinişi ham belgilandi.
“Quramax” – Özbekistonda kamida 20 nafar bolaning ölimiga sabab bölgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi, şuningdek, “Ambronol” siropining mamlakatdagi importçisi va tarqatuvçisi. Soğliqni saqlaş vazirligi bu dorilar tarkibida etilenglikol va dietilenglikol moddalarini aniqlagan.
Fojialar ortidan SSV “Quramax” import qilgan dorilarning hammasi sotuvini taqiqlagan, vazirlik huzuridagi Farmatsevtika agentligi kompaniyaning litsenziyasini bekor qiliş böyiça sudga da’vo kiritgan edi. Sud qarori, agar apellyatsiya şikoyati (protesti) berilmasa, qabul qilinganidan keyin 10 kun ötgaç qonuniy kuçga kiradi.
“Şuningdek, mazkur iqtisodiy işga doir vakolatli idora va mansabdor şaxslarning xatti-harakati yoki harakatsizligi yuzasidan qonun talablari buzilgani böyiça huquqiy baho beriş haqida xususiy ajrim çiqarilib, Toşkent şahar prokuraturasiga yuborilişi belgilandi. Uşbu ajrim ustidan belgilangan tartibda şikoyat berilişi (protest keltirilişi) mumkin”, – deyiladi Oliy sud axborotida.
Eslatib ötamiz, holat yuzasidan jinoyat işi doirasida “Quramax Medikal” MÇJning ikki mansabdori, şuningdek, Dori vositalarini standartlaş ilmiy markazining ikki mansabdori gumonlanuvçi sifatida qamoqqa olingan.
Kuni keça Hindiston regulyatori bu preparatlarning işlab çiqaruvçisi bölgan Marion Biotech farmatsevtika kompaniyasi litsenziyalarini töxtatgandi. 11 yanvar kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalari böyiça xalqaro ogohlantiriş bilan çiqdi.
















