JSST butun dunyoni “Dok-1 Maks”dan ogohlantirdi. Bu dori Özbekistonga qanday kirib kelgan?
|18:05 / 12.01.202327 46110 min
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari böyiça xalqaro ogohlantiriş bilan çiqdi. Taşkilot barçani etilenglikoldan ogohlikka çaqirmoqda. Özbekiston uç oy içida şu moddadan ommaviy zaharlaniş kuzatilgan uçinçi davlat böldi. Sababi, tergov versiyasiga köra, çetdan kirgan dorilar tayinli tekşirilmagan.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti keça, 11 yanvar kuni “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siroplari böyiça xalqaro ogohlantiriş e’lon qildi. “Dok-1 Maks” preparati Özbekistonda kamida 20 nafar bolaning ölimiga sabab bölgani taxmin qilinmoqda.
JSSTning bildirişiça, taşkilot Özbekistondan tegişli xabarnomani 22 dekabr kuni olgan. Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi ötkazgan tekşiruvlar har ikkala dori vositasi tarkibida mumkin bölmagan miqdordagi etilenglikol va/yoki dietilenglikol moddalari borligini körsatgan.
JSST bu dorilar boşqa mamlakatlarda ham rasman sotilayotgan yoki norasmiy bozorlar orqali kirib borgan bölişi mumkinligini ta’kidlab, dunyo miqyosida soğliqni saqlaş böyiça barça regulyatorlarni mazkur dorilar aylanmasining oldini olişga çaqirgan. Bu dorilar sotuvi aniqlangan mamlakatlardan bu haqda JSSTga xabar beriş söralmoqda.
Şuningdek, taşkilot dori işlab çiqaruvçilarga ham murojaat qilgan: suyuq şakldagi dori vositalari, ayniqsa propilenglikol, polietilengligol, sorbitol, glitserin/glitserol kabi moddalarni öz içiga olgan siroplarni tarqatişdan oldin ular tarkibida etilenglikol va dietilenglikol yöqligi tekşirilişi kerak.
Mint naşrining yozişiça, Özbekistonda “Dok-1 Maks” tarkibidagi etilenglikol moddasi me’yordan 300 barobar köp bölgan. Bu haqda Hindistonning Özbekistondagi elçixonasiga Özbekiston Farmatsevtika agentligi xabar bergan. Kun.uz bu ma’lumotni aniqlaştiriş uçun Farmatsevtika agentligiga murojaat qildi. Agentlik bu dori vositasi normativ hujjatlar talabiga javob bermaganini ma’lum qilib, tahlil natijalarini Hindiston elçixonasiga jönatganini tasdiqladi, lekin “Dok-1 Maks” tarkibida aniqlangan etilenglikol böyiça laboratoriya tekşiruvi natijasi haqida ma’lumot berişdan boş tortdi.
Zaharli dorilar Özbekistonga qanday kirib kelgan?
“Dok-1 Maks” va “Ambronol” – yötalga qarşi dorilar. Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, bu dorilar tarkibida propilenglikol moddasi örniga yoki u bilan birga
Bu preparatlarni Hindistonning “Marion Biotech” kompaniyasi işlab çiqargan, Özbekistonga “Quramax” kompaniyasi import qilib kelgan. Önlab bolalar ölimidan keyin, mamlakatda “Quramax” olib kirayotgan dorilarning hammasi sotuvi taqiqlandi. Hindiston rasmiylari esa “Marion Biotech”ning litsenziyasini töxtatdi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston – Hindiston farmatsevtika mahsulotlarini import qiliş böyiça 44-örinda, MDHda esa 2-örinda turadi. “Marion Biotech” Hindistonda 2010 yildan boşlab kiçik işlab çiqaruvçi, 2016 yildan esa eksportçi sifatida röyxatgan ötgan.
Marion'ning Özbekistondagi distribyutori – “Quramax Medikal” MÇJ. Bu firma 2006 yilda röyxatdan ötgan; rahbari – Singh Ragvendra Pratar. “Dok-1 Maks” siropi mamlakatda 2012 yilda röyxatga olinib, sotuvga çiqarilgan.
Özbekiston qonunçiligiga köra, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat röyxatidan ötkaziş, sifat nazorati, standartlaştiriş va sertifikatlaştiriş böyiça vakolatli organ SSV huzuridagiFarmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi hisoblanadi. Agentlikning bu yönalişdagi işçi organi – Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazi.
Agentlik va uning huzuridagi markaz direktori 30 dekabrga qadar Sardor Qoriyev edi. Şu kuni prezident Şavkat Mirziyoyev bolalar ölimiga yöl qöygani uçun uni işdan oldi. (Qöşimça qiliş lozim, hukumatdagi özgarişlar doirasida Farmatsevtika agentligi SSV huzuridan çiqarilib, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga ötkazilmoqda; bunda agentlikning dorilar va tibbiy buyumlarni röyxatdan ötkaziş funksiyalari SSVda qoladi).
Amaldagi tartibga binoan, Özbekistonda röyxatga olingan va import qilingan dorilarning har bir partiyasi yoki seriyasi muvofiqlik sertifikatini olişi kerak. Sertifikati bölmagan dori vositalari bojxonadan ötkazilmaydi.
Dori vositalarini sertifikatlaş böyiça akkreditatsiyaga ega jami 7ta taşkilot bor, şundan 6 tasi Farmatsevtika agentligi tizimiga kiradi. “Dok-1 Maks” siropining 2022 yilda respublikaga olib kirilgan 11 ta seriyasidan barçasiga agentlikka tegişli “Dori vositalarini standartlaş ilmiy markazi” MÇJ sertifikat bergan.
E’tiborlisi, “Dok-1 Maks”ga 2022 yildan avvalgi oxirgi sertifikat 2018 yilda rasmiylaştirilgan; ya’ni rasmiy reyestrga qaralsa, orada 4 yil bu dorining yangi seriyasi olib kirilmagan. 2022 yilda esa 5 sentabrdan13 dekabrgaça bölgan oraliqda preparatning 11 ta seriyasiga sertifikat berilgan. Eslatib ötamiz, Samarqand viloyati bolalar köp tarmoqli tibbiyot markazining 15 dekabrdagi xatida “Dok-1 Maks” bilan boğliq fojiaviy holatlar “oxirgi 2 oyda” röy berayotgani qayd etilgandi.
“Quramax Medical”ga tegişli “Ambronol”, “Tsinepar”, “Tsinepar ibu kid” kabi qator dorilarni ham şu markaz sertifikatlagan. Markaz direktori – Mirzabotir Hamdamov. MÇJning 51 foiz uluşi Farmagentlik huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markaziga, 49 foizi esa Farmatsevtika institutiga tegişli.
Davlat xavfsizlik xizmati “Dori vositalarini standartlaş ilmiy markazi”ning ikki mansabdorini hibsga olgan. Ular “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilarini sertifikatlaş maqsadida tekşiruvdan ötkazişda amaldagi tartiblarni qöpol ravişda buzganlikda gumonlanyapti. Natijada bu preparatlarning sifatsiz partiyasi sotuvga çiqib ketgan. DXX, şuningdek, “Quramax”ning ikki mansabdorini ham qamoqqa olgan.
Etilenglikol epidemiyasining yangi tölqini?
Xavfli dorilar tarkibida aniqlangan etilenglikol – sanoatda antifriz, ştamp siyohlari, şarikli ruçkalar, böyoqlar, plastmassalar, plyonkalar va kosmetika tayyorlaşda foydalaniladi. Bu modda me’yordan ortiq iste’mol qilinganda birinçi navbatda markaziy asab tizimi, yurak va buyraklarni işdan çiqaradi.
“Dok-1 Maks” bilan boğliq holatda aksariyat bemorlar ötkir buyrak yetişmovçiligidan halok bölgan. E’tiborlisi, aynan şu modda – etilenglikol, şuningdek dietilenglikolning dorilar tarkibida bölişi ötgan kuzda Gambiya va Indoneziyada ham köplab bolalarning ölimiga sabab böldi.
Gambiyada 2022 yilning sentabr-oktyabr oylarida yötalga qarşi sirop içgan 70 nafar bola ötkir buyrak yetişmovçiligidan vafot etgan. Gambiya parlamenti qömitasi bu ölimlarga Hindistonning “Maiden Pharmaceuticals” kompaniyasi işlab çiqargan siroplar sabab bölganini bildirgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti qutisida şu kompaniya tomonidan işlab çiqarilgani yozilgan 4 ta siropda etilenglikol va dietilenglikolning miqdori “qabul qilib bölmaydigan” darajada ekanini aniqlagan. Şu sabab taşkilot oktyabr oyi boşida bu 4 ta dori – “Promethazine Oral Solution” (prometazin eritmasi), bolalar uçun tomoq oğriğiga qarşi “Kofexmalin” va “Makoff” siroplari hamda bolalar uçun şamollaşga qarşi “Magrip N” siropi yuzasidan ogohlantiriş e’lon qilgan.
Kompaniya bu ayblovni rad etgan. Hindiston hukumati kompaniyaga faoliyatini töxtatib turiş böyiça topşiriq bergan. Keyinçalik, dekabr oyida hind rasmiylari bu siroplarning Gambiyaga yuborilgan partiyasidan namunalar tekşirilganida heç qanday muammo aniqlanmaganini JSSTga ma’lum qilgan.
Indoneziyada esa qurbonlar soni yanada köproq: 199 nafar. Ularning aksariyati 6 yoşga tölmagan. Hukumat oktyabr oyida bu holatlar böyiça tekşiruv boşlab, ölim holatlariga aloqador bölişi mumkin bölgan dorilar sotuvini töxtatgan. JSST noyabr boşida bu holat böyiça 8 xil dori (sirop va tomçilar) haqida xalqaro ogohlantiriş çiqargan. Bu dorilarning barçasi Indoneziyaning özida işlab çiqarilgan. Bu preparatlarda ham etilenglikol va dietilenglikolning “qabul qilib bölmaydigan” miqdorda ekani aniqlangan.
“Dietilenglikol glitseringa qaraganda arzonroq turadi, ayrim kompaniyalar uni glitserinning örniga işlatadi, lekin agar köproq miqdorda qöşib yuborilsa, bu turli kasalliklarni, masalan buyrak yetişmovçiligini keltirib çiqarişi mumkin”,degan Pokistondagi farmatsevtika huquqşunoslari forumi rahbari Nur Mehar.
Uning sözlariga köra, 1938 yildan buyon dunyo böyiça yötalga qarşi dorilarda dietilenglikol borligi sabab minglab ölimlar röy bergani haqida xabar qilingan.
Oçiq manbalarga köra, 2020 yilda Hindistonning Ramnagar şaharçasidan bölgan 17 nafar bola “Coldbest” nomli yötalga qarşi dorini içganidan keyin şifoxonaga yotqizilgan, ularning yarmidan köpi buyrak yetişmovçiligidan vafot etgan. Örganişlarda aniqlanişiça, preparatning öşa xatoli seriyasida dietilenglikol dorining 34,97 foizini taşkil etgan, bolalar ana şundan zaharlangan.
Etilenglikol 2019-2020 yillarda Braziliyada 10 kişining ölimiga, 2008 yili Nigeriyada 84 nafar bolaning vafotiga sabab bölgan. 2006 yilda bu moddaning insonlar ölimiga sabab bölişi bilan boğliq holatlar Panama va Xitoyda röy bergan. 2007 yilda tiş pastasi tarkibida etilenglikolning topilişi xalqaro mojaroni keltirib çiqargan.
Gambiya va Indoneziyadagi ölimlar Özbekistonda birinçi navbatda kimni sergaklantirişi kerak edi?
Farmatsevtika agentligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlaştiriş davlat markazida Farmokologik nazorat bölimi faoliyat yuritadi.
Kun.uz'dagi ma’lumotga köra, bölimning vazifasi – dori vositalarining nojöya ta’sirlari töğrisida respublika böyiça ma’lumotlarni yiğib, tahlil qilib, Şvetsiyaning Uppsala şahriga – JSST qoşidagi Dorilarning nojöya ta’sirini xalqaro monitoring markaziga yuboriş hisoblanadi.
Ana şu xalqaro markazning onlayn bazasidan foydalangan holda, butun dunyoda dorilarning nojöya ta’sirlari va sabab-oqibatlarini örganiş, Özbekistonga bunday dorilar kirib kelişining oldini oliş vazifasi ham Farmnazorat bölimiga yuklatilgan.