Avon, Faberlic, Gano, Herbalife singari taşkilotlar firibgarlik taşkilotlarimi?
|21:58 / 07.10.2017106 97110 min
Foto: baomoi.comFoto: baomoi.com
Tarmoqli marketing bu moliyaviy piramidami? MMM – MLMhammasi bir ma'noni anglatadimi? Avon, Faberlic, Amway, Gano, Herbalife singari taşkilotlar firibgarlik taşkilotlarimi? Tarmoqli marketing qonuniymi? Niqoblangan moliyaviy piramida nima özi? Yuqoridagi savollarga javobni quyidagi maqolani öqiş orqali bilib olişingiz mumkin.
Har bir davrda ham oson pul topiş yoki pulni köpaytiriş yöllari insonlarni qiziqtirib kelgan. Iloji boriça kamroq kuç va aql sarflab köproq foyda oliş niyatida tadbirkorlar öz mahsulot va xizmatlarini erkin yollanma xodimlar orqali sotişni yölga qöyişgan. Har bir yollanma işçining daromadi bevosita sotiladigan mahsulot va xizmatga boğlanganligi dastlabki samarani bergan bölsa, ularning boşqa yana özlariga öxşagan faol yollanma işçilarni olib kelgan holda köproq mahsulot sotila boşlaşi ikki baravar samara keltira boşlagan. Şu tariqa erkin yollanma işçilar tarmoği bölmiş tarmoqli marketing (MLM) yuzaga kelgan. Bunda yollanma işçilar (bugungi kunda agentlar)ni rağbatlantirişning eng samarali usullari qöllanilgan. Faollikka yaraşa daromad ham proporsional belgilangan. Şu tariqa bu usul qöllanilgan barça biznes loyihalar tez sur'atlarda rivojlana borgan. Biroq, orada firibgarlik va qinğir maqsadli kimsalar paydo böldiki, uşbu usulni umuman boşqa maqsadda, ya'ni pullarni omonat körinişida tezkorlik bilan yiğilişi hamda qolganlarning hisobiga loyiha egalariga taqsimlanişi amalga oşirilişi yölida moliyaviy piramidalarni taşkil qilişdi. Buning natijasida juda köplab insonlar öz mablağlaridan ayrildi. Natijada insonlarda moliyaviy piramidalar va tarmoqli marketing tuşunçalariga nisbatan işonçsizlik va xatar tuyğulari paydo böldi. Oqibatda, ikkala tuşunça örtasidagi tafovutlarni bilmaslik natijasida bugungi kungaça insonlar zarar körib kelmoqda. Maqolada har bir tuşunçaga batafsil töxtalgan holda töliq ma'lumot berib ötişga harakat qilamiz.
Moliyaviy piramida (şuningdek investitsion piramida) – tuzilmadagi iştirokçilarni doimiy pul mablağlari jalb qilinişi evaziga daromad bilan ta'minlaşga asoslangan firibgarlik yöli. Dastlabki piramida iştirokçilarining daromadi keyingi omonatçilar hisobiga tölab beriladi. Köp hollarda iştirokçilar olayotgan daromadi asl manbayi sir tutiladi va örniga boşqa öylab topilgan uydirmalar aytiladi yoki kam ahamiyatli qilib körsatiladi (Masalan, kriptovalyutalar birjasi, foreks birjasi, sport öyinlari, binar opsionlardan daromda olinadi deb körsatilişi mumkin). Aynan mana şu narsa esa firibgarlik sanaladi. Özbekistonda uşbu moliyaviy piramidaga misol tariqasida “Ahmadboy işi” voqeasi bölgan. Bundan taşqari Rossiyada Sergey Mavrodining MMM kompaniyasi yaqqol misol böla oladi. Har ikkala holatda ham firibgarlik natijasida mablağlar yiğilgan va yakunda köplab insonlar millionlab zarar körişgan.
Mavzuga oid
Tarmoqli marketing (yoki köp poğonali marketing, ingl. multilevel marketing, MLM) – tovar va xizmatlarni mustaqil distribyutorlar (sotuvçi agentlar) orqali sotiş konsepsiyasidir. Bunda har bir mustaqil agent özi boşqa agentni taklif qiliş huquqiga ega bölib, u taklif etgan barça agentlarning röyxatdan ötişidan va agentlar tomonidan sotiladigan har bir mahsulot tuşumidan foiz yoki bonus körinişida daromad oliş imkoniga ega hisoblanadi.
Tarmoqli marketing biznesdagi samarali sotiş mexanizmini yölga qöyiş uçun qöllaniladigan konsepsiya hisoblanadi. Bunda konsepsiyani qöllaşdan közlangan asosiy maqsadga qarab loyihaning firibgarlik loyihasi yoki işonçli loyiha ekanligiga baho beriş mumkin. Çunki köp hollarda tarmoqli marketingni ezgu maqsadda barçaga birday foyda keltirişi uçun emas, balki loyihaning haqiqiy egalari maksimal darajada foyda olgaç, qolganlarni xonavayron qiliş maqsadida taşkil qilinadi. Ayni şunday yomon niyatda taşkil qilingan loyihalar köp bölgani uçun ham tarmoqli marketing konsepsiyasini köplab insonlar moliyaviy piramida bilan bir xil narsa, deb hisoblaşadi.
Aslida esa har doim ham unaqa emas. Ezgu maqsadda qonuniy taşkil qilingan biznes loyihalarda tarmoqli marketing faqatgina mijozlarga mahsulotlarni tezroq sotiş usuli, xolos. Unda agentlardan xuddi arzon işçi kuçiday foydalaniladi. Bunda yakuniy xaridorga nisbatan töğridan-töğri sotiş (direct marketing, direct selling) usuli qöllaniladi.
MMM – MLMhammasi bir ma'noni anglatadimi?
Yöq bu tuşunçalar umuman boşqa boşqa. MMM sifatida Rossiyada Sergey Mavrodi tomonidan amalga oşirilgan firibgarlik moliyaviy piramida loyihasi e'tirof etiladi. MLM esa köp poğonali marketing yoki tarmoqli marketingning inglizça nomlanişi hisoblanadi.
Tarmoqli marketing bilan moliyaviy piramida örtasida qanday farqlar mavjud?
Uşbu savolga batafsilroq javob beriş maqsadida tuşunarliroq bölişi uçun quyidagi jadval körinişida asosiy farqlarni körsatişga harakat qildik.
Avon, Faberlic, Oriflame, Amway, Herbalife singari taşkilotlar firibgarlik taşkilotlarimi?
Yöq bu taşkilotlar rasman faoliyat olib boruvçi, öz faoliyatlarida tarmoqli marketingdan samarali foydalanuvçi dunyoning eng köp daromad oluvçi taşkilotlari hisoblanadi. Ularning bugungi kunga kelib yuzlab davlatlarda öz vakolatxonalari rasman faoliyat körsatadi.
tarmoqli marketing — tarmoqli taşkilot tomonidan tovarlarni mustaqil tarqatadigan sotuvçi agentlar taşkil etilişiga asoslangan tovarlarni çakana sotiş turi;
tarmoqli taşkilot — Özbekiston Respublikasi hududida mustaqil ravişda yoxud tarmoqli marketing yöli bilan sotuvçi agentlar orqali savdoni amalga oşiruvçi Özbekiston Respublikasi yuridik şaxsi;
sotuvçi agent — turğun savdo şoxobçalari orqali tovarlarni bevosita sotuvçi, şuningdek uyga buyurtma oliş vositasida, muassasalar, taşkilotlar, korxonalarda, transport yoki köçada potensial xaridorlar bilan işlaydigan, daromadi faqat sotuv hajmiga boğliq bölgan jismoniy şaxs – yuridik şaxs taşkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor.
Unga köra xorijiy tijorat taşkilotlarining vakolatxonalari orqali bioaktiv qöşimçalar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tarmoqli marketing yöli bilan sotuvçi agentlar orqali sotiş taqiqlanadi.
Şuningdek, quyidagilar orqali:
tadbirkorlik faoliyati sub'yekti hisoblanmagan jismoniy şaxslar orqali;
xorijiy tijorat taşkilotlarining vakolatxonalari orqali tarmoqli marketing vositasida import tovarlarni olib keliş va sotişga yöl qöyilmaydi.
Demak, xulosa sifatida qonuniylik jihatidan faqatgina taqiqlanmagan mahsulotlarni tadbirkorlik sub'yekti sifatida sotişgina Özbekiston hududida rasmiy tarmoqli marketing sanaladi. Qolgan barça turdagi holatlarda bu faoliyat qonuniy deb topilmaydi.
Niqoblangan moliyaviy piramida nima?
Köp hollarda moliyaviy piramidalar sodda insonlarni tezroq va işonarliroq öziga jalb etiş maqsadida özlarini xuddi rasmiy faoliyat yurituvçi tarmoq marketingiga öxşaş bölgan niqoblangan holda faoliyat taşkil qilişadi. Bunda ular özlarining faoliyatida biror bir turdagi tovar yoki xizmatni sotişni ham taklif qilişadi. Ammo bunday mahsulotlar turi va iste'moliga e'tibor bersangiz ular köpinça bir martalik, tezda yöq böladigan yoki boşqalarga yetkazib bölmaydigan şakllarda böladi. Bunday turdagi piramidalar XAYPlar va boşqa turli körinişdagi bir martalik mahsulot va xizmatlarni nomiga sotgan holda odamlarni işonçiga kirmoqçi bölişadi. Özbekistonda bunday firmalar sifatida OOO «Yang Chans Asian» («Çens» taşkiloti vakili), «Quest.net» singari taşkilotlar faoliyat yuritgan va yakunda firibgarlik taşkilotlari ekanligi isbotlangaç yopilgan.
Tarmoq marketingi aslida dastlab savdoni jadallaştiriş va töğridan-töğri mijozga yaqin insonlar tomonidan mahsulotlarni sotiş uçun qöllanilgan. Bunda bevosita xaridorlarni özi izlab topuvçi agentlardan taşkil topgan yirik bir çakana sotuvçilar guruhlari şakllanişi nazarda tutilgan edi. Eng qiziği uşbu agentlardan iborat armiya har qanday mahsulot yoki xizmatni samarali sotilişida jon kuydirib mehnat qilişadi. Öz navbatida uşbu mehnatga yaraşa sotilgan mahsulotdan bonus yoki foiz körinişida daromad olişadi. Piramida körinişidagi poğonama poğona şakllanadigan tizimda agentlar har bir özidan keyingi turuvçi agentning sotgan mahsulotidan ham doimiy ravişda daromad oliş imkoniga ega böladi. Şuning uçun har bir agent özi jalb qiladigan agentni faol bölişi va mahsulotlarni samarali sotişidan manfaatdor hisoblanadi. Şu sababli u özi jalb qilgan agentga iloji boriça har bir kelişuv va sotiş sir asrorlarini yaxşi örgatişga harakat qiladi va şunga mos ravişda uddaburon odamlarni öz jamoasiga aylantirişni xohlaydi. Şu tariqa hattoki öz şaxsiy biznesini yölga qöyişi mumkin bölgan şaroitlar yuzaga keladi va agentlarga köproq erkinlik beriladi. Kimlar uçundir bu orzu qilinadigan kasb ham hisoblanadi.
Endi umumiy xulosa örnida aytiş mumkinki, avvalo moliyaviy piramida va tarmoqli marketingni boşlagan insonning asl maqsadi nima ekanligi uşbu amalga oşirilişi mumkin bölgan loyihani natijasini belgilaşda muhim rol öynaydi. Masalan, oddiy piçoq bilan ovqat tayyorlaş ham mumkin, piçoq bilan odam öldiriş ham mumkin. Xuddi şuningdek tarmoqli marketing yoki moliyaviy piramida asosidagi konsepsiyadan ezgu maqsadda ham foydalaniş mumkin yoki yovuz maqsadda foydalaniş ham mumkin. Har ikkala holatda ham insonlarni tez va samarali jalb qiliş usuli sifatida konsepsiya öz kuçida qolaveradi. Çunki dunyoni manfaat boşqaradi, boşqalarning hisobidan manfaatli daromad köriş istagi esa har doim insonni öz domiga tortib keladi.