Energetika vazirligi xabariga köra, bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning me’yorga kelişi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlaş imkoni yaratilmoqda.

Joriy yil 2 fevraldan boşlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan röyxat asosida «gaz-zapravka»lar faoliyati bosqiçma-bosqiç yölga qöyiladi.

AGTKŞlarning faoliyat yuritiş vaqti hududlar şaroitidan kelib çiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelişilgan tarzda amalga oşirilişi aytilgan.

«Gaz-zapravka»lar faoliyatidagi vaqt çeklovlari gaz quvurlarida bosimning kötarilib borişiga mos ravişda özgartirib boriladi.

Özbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayişi natijasida tabiiy gazning iste’mol hajmi keskin oşib borişi kuzatilgan. 

Şu sababli ijtimoiy ahamiyatga molik obektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida respublikadagi mulkçilik şaklidan qat’i nazar, har qanday ulgurji iste’molçilar, xususan, AGTKŞlarga tabiiy gaz ta’minoti vaqtinça töxtatilgandi.