Heç kimga sir emaski, talabalik  bu – öqiş, muloqot va minimal darajadagi mablağ. Yotoqxona uçun haq tölaş yoki xonani ijaraga oliş – qimmat. Yevropada ta'lim olsangiz, tölov yanada yuqori ekanligini aytmasa ham böladi. Kopengagenda talabalarni joylaştiriş muammosini hal etişga qaror qilindi.

Foto: Urban Riggers

Urban Riggers kompaniyasining uddaburon arxitektor va dizaynerlari guruhi foydalanilgan transport konteynerlaridan yaratiladigan suzib yuruvçi yotoqxona loyihasini taqdim etdi.

Konteynerlardan avval foydalanilganiga qaramay, ular eski va kir yukxonalarni esga solmaydi. Mohir qöllar yordamida ular arzon va qulay turarjoylariga aylantirildi.

Foto: Urban Riggers
Foto: Urban Riggers
Foto: Urban Riggers

Ularda tölaqonli hayot uçun barça zaruriy şaroitlar mavjud: jihozlangan zamonaviy oşxona, bejirim yuviniş xonasi va şinam yotoqxona talabalarga xizmat qiladi.

Talabalar yotoqxonasi oltita konteynerdan iborat uçburçak şaklida joylaştirilgan modulli konstruksiyadan iborat. Inşoot konstruksiyasi umumiy içki hovlida sayr qiliş, yuqoridagi ayvonçada dam oliş, kiçik ölçamdagi qayiqlarda suziş, hatto maxsus hududda barbekyu tayyorlaş imkonini ham beradi.

Modulli inşoot Kopengagenning markaziy qismi Eresunn böğozi suvlarida suzib yuradi. Bir oylik tölov 600 AQŞ dollariga teng. Bunday narxda yoşlar şaharning çekka qismidan uyni ijaraga olişi mumkin.

Foto: Urban Riggers