Özi nima gap?
Yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilangan, jumladan, poytaxtdagi Kiçik halqa yöli içida joylaşgan köçalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrga kamaytirilgandi.
Aslida tezlikni kamaytiriş Şavkat Mirziyoyevdan çiqqan ğoya. Prezident şu yil fevral oyida Samarqand şahriga qilgan taşrifida şunday taklifni örtaga taşlagan edi.
“Yaqinda Toşkentda tezlik köpi bilan 60 km/soatgaça belgilangani haqida qaror çiqadi”, — degan edi öşanda Ş.Mirziyoyev.
Davlat rahbari Toşkent şahri va boşqa yirik şaharlarning markaziy köçalarida tezlik limiti oqilona, ilmiy yondaşuv asosida örnatilişi kerakligini ta’kidlagan edi. Köçalarda harakatlaniş haydovçilar uçun ham, piyodalar uçun ham qulay bölişi kerak, — degan edi Mirziyoyev.
Ma’lumki, aholi punktlarida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisalarining aksariyat qismi belgilangan tezlikni oşiriş natijasida kelib çiqadi.
Dunyoning köplab şaharlarida tezlik 40-50 km/soat qilib belgilangan. Uzoqqa bormaylik. Yon qöşnimiz Qozoğistonning eski poytaxti Almati şahri köplab köçalarida 60 km/soat, markaziy köçalarda tezlik hattoki 40 km/soat qilib belgilangan.
“Almati şahrini 2025 yilgaça rivojlantiriş dasturi”ga köra, şaharning magistral va mahalliy köçalarida tezlikni 60 va 40 km soatdan 50 va 30 km/soatgaça tuşiriş közda tutilgan.
Rossiya poytaxti Moskva şahrida ham markaziy köçalarda tezlik 50 km/soat qilib belgilanişi, ayrim köçalarda 30 km/soat qilinişi

















