Behruz Hamzayev Özbekistonda turizm sohasi bilimdonlaridan biri sifatida tanilgan, bir muddat Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi maslahatçisi lavozimida ham işlagan. Suhbat davomida koronavirus pandemiyasining turizmga ta'siri, xususiy sektordagi vaziyat, onlayn turizm, sohadagi işsizlikka barham beriş uçun innovatsion yeçimlar, aviatsiya bozoridagi holat kabi qator mavzularda söz bordi.

Turizm – pandemiyadan eng köp zarar körgan sohalardan biri

– Turizm 10 yil davomida faqat ösib kelayotgan soha bölib keldi. Har öninçi işçi örin turizm bilan boğliq va u asosiy daromad olib keluvçi sohalar içida 3-örinda turadi. Jahon turizm taşkilotining hisobotiga köra, dunyo turizmi pandemiya tufayli 1 trln. dollari atrofida zarar köradi.

Bu sohada 100 milliondan ortiq aholi band edi va ular hozir işsiz. Turizm öz örniga qaytib kelişi uçun 18 oy muddat talab etiladi. Vaksina paydo bölgunça insonlar sayohat qilişdan voz keçişadi.

Yaqinda xabar öqidim: Argentina sentabr oyigaça xorijga parvozlarini töxtatdi. Pandemiyadan keyin turizm umuman boşqaça tus oladi.

«Qayta önglaniş uçun beş yil ketişi mumkin»

– Turizm asosan mustaqil kiçik biznes egalaridan taşkil topgan sohadir. Aviaqatnovlar va mehmonxonalar tizimlari şular jumlasidandir. Turizmning jadal sur'atlarda rivojlanişida aviaçiptalarning arzonligi muhim rol öynagan. Aviaqatnov – turizmni yurgizuvçi dvigateldir. Şu sababli hukumatlar aviatsiyaga yordam beriş orqali turizmni qutqarişga urinmoqdalar.

Mavjud aviakompaniyalarning 50 foizi bankrotlikka uçraşi mumkin.

Ikkinçisi – mehmonxonalar bölib, ularga qaysidir ma'noda hukumat yordam berişi mumkin. Rivojlangan davlatlarda «bailout» tizimi bor, unda ma'lum sohalarga inqirozdan çiqib ketişi uçun hukumat tomonidan moliyaviy yordam beriladi. Masalan, soliq imtiyozlari, xodimlarga vaqtinça oylik tölaş kabilar. Turizmda köpçilik – özini-özi band qiluvçilardir. Birgina gidlarni oladigan bölsak, Özbekistonda ular işsiz qolişdi. Boşqa davlatlarda ham şunday. Lekin Özbekistonda bu vaziyat qiyinroq, çunki Özbekistonda bu kasb mavsumiy bölib, bahor va kuzda işlaşadi.

Buning natijasida gidlar öz kasbidan voz keçişi mumkin. Boşqa sohalarga ötib ketiş ehtimoli katta. Özi bizda gidlarga ehtiyoj katta edi. Pandemiyadan söng bu yanada oşadi.