Özbekiston Respublikasi prezidenti “2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturi töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi 2019 yil 1 martga qadar:
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda oliy ta'lim muassasalari tomonidan talabalarni qabul qiliş kvotalarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning istiqboldagi ehtiyojlarini, şuningdek, muassasalarning kadrlarni sifatli tayyorlaşni taşkil etiş imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ravişda belgilaş tartibini tasdiqlaydi va uşbu tartib 2019/2020 yildan tatbiq etilişini nazarda tutadi;
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda xorijiy diplomlarning ekvivalentligini tasdiqlaşdagi sun'iy tösiqlarni bartaraf etiş va ularni tan oliş jarayonini optimallaştiriş böyiça takliflar kiritadi.

















