Qaşqadaryoda Yangi Qarşi şahri quriladi
Qaşqadaryo viloyatida 500 ming aholiga möljallangan Yangi Qarşi şahri barpo etiladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev viloyatga taşrifi davomidagi yiğilişda maʼlum qildi.
Davlat rahbariga köra, Yangi Qarşi şahri – Qarşi şahri, Kökdala va Qarşi tumani çegarasida, 5 ming gektar maydonda, 500 ming aholiga möljallab quriladi. Qarşi tumanidagi kanal böyida esa 235 gektarlik «Yangi Nasaf» ekomajmuasining qurilişi boşlanadi.
Nufuzli arxitektura kompaniyalari jalb etilib, ikki oyda ilğor şaharsozlik yeçimlarini qamrab olgan boş reja işlab çiqiladi. Uni tayyorlaş uçun dastlab 20 milliard söm ajratiladi. Yangi hududlarda köp qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar «yaşil» va «aqlli» şahar tamoyillari asosida quriladi.
Nikohlar soni tört yildan beri kamaymoqda
Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni 2021-yildagi 305,2 mingtadan 2025-yilda 267,1 mingtaga tuşgan. Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, körsatkiç şu davrda har yili pasayib, jami 38,1 mingtaga yoki qariyb 12,5 foizga kamaygan.
1991–2025-yillardagi eng yuqori körsatkiç 2018-yilda kuzatilgan - 311,4 mingta nikoh. 2025-yilgi natija uşbu rekorddan 44,3 mingtaga yoki qariyb 14,2 foizga kam.
1991-yilda esa mamlakatda 270,3 mingta nikoh rasmiylaştirilgan. Demak, 2025-yildagi mutlaq körsatkiç 1991-yildagidan ham 3,2 mingtaga past bölgan. Biroq bu raqamlar aholi soniga nisbatan nikohlaniş darajasini emas, qayd etilgan nikohlarning umumiy sonini ifodalaydi.
Sönggi yillik özgarişga qaralsa, 2025-yilda nikohlar soni 2024-yilga nisbatan 4,7 mingtaga yoki qariyb 1,7 foizga kamaygan. Taqdim etilgan maʼlumotlarda pasayiş sabablari keltirilmagan.
Qaşqadaryo yil oxirigaça kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryoga taşrifida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça yiğiliş











