Toşkent şahrida oçilganiga bir neça oy bölgan avtosalon Xitoydan oson şartlarda maşina keltirib beriş vaʼdasi bilan önlab odamni çuv tuşirdi: ular avtofiribgarlar ekani maʼlum böldi. Kun.uz holatni örgandi.

Eʼlondan “avtosalon”ga yöl

Toşkent şahrida yaşovçi Kamoliddin Nabiyev agar qulay şartlarda variant çiqsa, BYD E2 maşinasini xarid qilmoqçi edi. Olx’dagi eʼlonlardan biri uning eʼtiborini tortdi - ayni şu rusumdagi maşina bölib tölaş şartida taklif etilgandi.

“Telegram orqali lokatsiya taşlab berişdi, bordim. Beş-olti qiz işlayotgan edi, iliq kutib olişdi. Keyin menga Samandar ismli bolaning telefon raqamini berişdi. Gaplaşdim. Oradan 10-15 daqiqa ötib, u keldi. Hammasini tuşuntirdi, maşina va şartlar menga maʼqul keldi.

Maşina Xitoydan 25-30 kunda keladi, deyişdi. Men nega ularda arzonligini söradim. Firma bölganimiz uçun şunaqa deb javob qilişdi. Boşlanğiç tölov sifatida 4200 dollar töladim, Samandar sanab oldi. Keyin şartnoma tuzildi.

Samandardan kim bölib işlaşini söraganimda iş yurituvçiman dedi. Oradan vaqt ötdi. 25 kundan söng ham menga VIN-kod jönatişmadi. Telegram orqali aloqaga çiqdim. Menga har xil telefon raqamlari taşlab berişdi.

Xalilulloh degani bilan boğlandim. U qaysi tumanga tölov qilgansiz, deb söradi. Yakkasaroyga dedim. Sizga tez orada aloqaga çiqişadi, dedi, ammo heç kim aloqaga çiqmadi. Şundan keyin bildim ular firibgar ekanini”, deydi Kamoliddin Nabiyev.

Avtosalon xodimlarining maşinani Xitoydan keltirib beriş vaʼdasi hamda boşlanğiç tölovdan taşqari pulini bölib tölaş şarti Kamoliddin Nabiyevga maʼqul kelgandi. Çunki, bunday taklif boşqa rasmiy avtosalonlarda uçramaydi. Şu sababli, u mazkur avtosalonni maşina xarid qiliş istagida bölgan singlisiga ham tavsiya qilgan.

Singil şunday deydi:

“Drive avenue” haqida akamdan eşitdim. Akam zör takliflar bölyapti, işonçli ekan, oylik tölovlari ham yaxşi, suriştirdim, dedi. Biz ham borib tölov qildik. 6200 dollar töladik, BYD uçun. Oylik tölovi 5,1 mln söm, akangizniki bilan birga keladi, deyişdi. Keyin aldanganimizni bildik”.

Afsuski, uşbu avtosalonga çuv tuşgan faqat şu aka-singil emas. Xitoydan olib kelib beramiz, degan quruq vaʼdaga işonib, 9-10 ming dollar pulini ularga tutqazganlar talaygina.

Jumladan, Toşkent şahrida yaşovçi Abzal Zuhurov ham Olx’dagi eʼlon orqali “Drive avenue” avtosaloniga borib, şartnoma imzolagan hamda boşlanğiç tölov sifatida 9 ming dollar tölagan.

“Umri qisqa” avtosalon

Mijozlar bilan şartnomalar “Drive avenue” MÇJ nomidan tuzilgan. Oçiq manbalarga köra, “Drive avenue” MÇJ 2022-yil 11-aprel kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Taʼsisçisi Yusupov Xalilillo Xayrullo öğli.

Buni körganlar “Mana, davlat röyxatidan ötkazilganiga qariyb 5 yil bölibdi, yopilib ketmabdi-ku”, deyişi mumkin. Aslida, bu ham mijozlarni çalğitiş uçun qilingan xiyla. Negaki, “Drive avenue” MÇJ “Dynamics Ma” MÇJni qayta röyxatdan ötkaziş orqali taşkil etilgan. Qayta davlat röyxatidan ötkaziş 2026-yil 24-avgust kuni amalga oşirilgan.

Kamoliddin Nabiyev avtosalonga borgaç, taklifni eşitgan va öylab köriş uçun ketgan. U bir neça kundan söng qaytib borib, 2026-yil 24-avgust kuni şartnoma tuzgan. Bu sana şartnomada ham körsatilgan.

Bu “Drive avenue” MÇJ qayta davlat röyxatidan ötkazilgan kunga töğri keladi.

“Şolğom” rahbar

Aldanganini bilgan Kamoliddin Nabiyev “Drive avenue” MÇJ taʼsisçisi Xalilillo Yusupovni siquvga ola boşlagan.

Şunda Xalilillo Yusupov MÇJga nomigagina rahbar ekanini, aslida bu işlar ortida boşqa şaxs turganini aytgan.

Murojaatçilar “Drive avenue” MÇJni norasmiy ravişda Bekzod Baxtimurodov  boşqarganini aytişmoqda. Kun.uz’da Xalilillo Yusupov öz rahbari sifatida Bekzod Baxtimurodov bilan gaplaşgani aks etgan videolavha ham mavjud.

Bekzod Baxtimurodov ismi Kun.uz orqali jamoatçilikka biroz taniş. Çunki, tahririyat bir yil avval Xitoydan maşina keltirib beriş vaʼdasida bir neçta vatandoşni çuv tuşirgan “Global avto kredit” MÇJ haqida suriştiruv eʼlon qilgandi. Bekzod Baxtimurodov ana şu MÇJning taʼsisçisi va rahbari hisoblanadi. 

“Global avto” işi böyiça 2025-yil 12-noyabr kuni Bekzod Baxtimurodov va boşqalarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgandi. Buni Kun.uz’ga Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov ham tasdiqlagan.

Mazkur jinoyat işining keyingi taqdiri böyiça Şohrux Ğiyosovga sörov kiritdik. Uning aytişiça, hozirda Bekzod Baxtimurodovga nisbatan Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan juda köp miqdorda firibgarlik bilan jinoyat işi qözğatilgan. Unga qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. 

Şohrux Ğiyosov Bekzod Baxtimurodov qaçon qamoqqa olingani haqidagi sörovimizni javobsiz qoldirdi.

Har şartnomaga $100

“Drive avenue” MÇJda faoliyat yuritgan menejerlar mijozlar bilan tuzilgan har bitta şartnoma uçun 100 dollardan pul olgan. Tahririyatda Xalilillo Yusupovning avtosalonda işlagan xodim bilan suhbati yozib olingan audio mavjud.

Unda avtosalon xodimi tuzilgan har bir şartnoma uçun 100 dollar pul olib kelganini, ammo keyingi paytlarda bu pul berilmayotganini bildirgan. Xalilillo Yusupov esa bu işlar ortida Bekzod Baxtimurodov turganini maʼlum qilgan.

Kun.uz Xalilillo Yusupov bilan bir neça bor boğlanişga harakat qildi. Biroq buning imkoni bölmadi.

Hozirda “Drive avenue” MÇJga aldanganlar holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilgan.

Poytaxt IIBB nima deydi?

Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati bilan uçraşdi.

Boş boşqarma matbuot xizmati rahbari Nilufar Madiyevaning maʼlum qilişiça, Bekzod Baxtimurodov va Aziz Raximjonovga JIB Mirobod tuman sudining 2026-yil 24-sentabrdagi ajrimi bilan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. 15-oktabr holatiga jinoyat işi doirasida yetkazilgan zarar 10 mlrd 902 mln sömni taşkil qilmoqda. Şuning 5 mlrd 207 mln söm qismi qoplangan.

Maʼlum bölişiça, hozirga qadar “Jas auto motors”, “Jas auto motors”, “Auto villace”, “Next avtocity” hamda “Global avto kredit” MÇJlar böyiça qözğatilgan jinoyat işlari birlaştirilgan. Çunki, uşbu MÇJlarga Bekzod Baxtimurodovning aloqadorligi aniqlangan. Suriştiruvda tilga olingan “Drive avenue” MÇJ esa navbatdagi holat.

Eʼtiborlisi, hozirda işi birlaştirilgan MÇJlarning 3 tasi (“Drive avenue” MÇJ ham) Bekzod Baxtimurodovga jinoyat işi qözğatilgan va u oçiqda qoldirilgan 2025-yil noyabridan keyin qayta davlat röyxatidan ötkazilgan.

Bu Bekzod Baxtimurodov oçiqda qolganidan foydalanib, odamlarni çuv tuşirişda davom etganini körsatadi.

2025-yil noyabrida qözğatilgan jinoyat işi tergovi nega hozirga qadar tugamagan? Buni poytaxt IIBB matbuot xizmati rahbari şunday izohladi: 

“Jinoyat işi doirasida şaxsning aybini isbotlaş maqsadida hujjatli taftiş tayinlangan, jabrlanuvçilar söroq qilingan, yuzlaştiriş tergov harakatlari va boşqa zarur tergov harakatlari ötkazilgan. Iş hajmi köp bölgani uçun tergov töliqligi taʼminlanişi zarur bölgan. Tergov jarayonida yangi holatlar aniqlanganligi sababli hozirda tergov harakatlari davom etmoqda”.

Prezident Toşpölatovga topşiriq bergandi

2026-yil yanvar oyida prezident raisligida ötkazilgan yiğilişda jinoiy tödalar faoliyati tanqid qilingandi.

“Ilgari faqat “köça” deb bilgan uyuşgan jinoyatçilik bugun biznes niqobi ostida ança daromadli sohalarga kirib boryapti. Ayniqsa, jinoiy tödalar faoliyati köp qavatli uylar, avtomaşinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar taşkil qilişda ança köpaygan.

Şaharda kvartira sotiş masalasida 3 000 dan ziyod fuqaroga 1,3 trln söm zarar yetkazilgan. Misol uçun, “Credit House”, “Infin Story Invest” quriliş korxonalari kvartira sotiş vaji bilan 2000 nafar fuqaroni aldab, 490 mlrd söm pullarini özlaştirgan.

Yoki “Umid Avtolizing”, “Halol Avtolizing” kompaniyasi kabi firmalar jami 1800 nafar fuqaroga avtomaşina yetkazib berişni vaʼda qilib, ularning 80 mlrd sömini qölga kiritgan. Bu ham haqiqat, bu ham Özbekistonda bölyapti. Lekin heç kim bong urmaydi.

Jahongir Xatamov,Toşpölatov bunday uyuşgan jinoiy guruhlar faoliyatiga qaçon barham beradi? Sizlar qilmasangiz kim qiladi, Xatamov?” degandi Şavkat Mirziyoyev.

Bloger va jamoatçilik faollariga nisbatan işlayotgan qonun Bekzod Baxtimurodov kabilarga kelganda işlamay qolişi sabablarini kimdir tuşuntirib bera oladimi?