2019 yilda Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi Toşkentdagi knyaz Nikolay Romanovning sobiq qarorgohini rekonstruksiya qiliş va Davlat san'at muzeyi filiali binosiga joylaştiriş böyiça me'moriy loyihani işlab çiqişni boşlagandi.

Hozirgi vaqtda dastlabki konsepsiya tayyor bölib, uning asosiy ğoyasi – jamoatçilik uçun oçiq maydon yaratiş. Taşrif buyuruvçilar nafaqat muzey mehmoni bölişlari, balki saroyning boğ hududida ham vaqt ötkazişlari mumkin.

Saroyni qayta tiklaş loyihasida özbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda işlaş uçun Germaniyaning "Ateliyer Brückner GmbH" kompaniyasi mutaxassislari jalb qilingan. Germaniya kompaniyasi murakkab körgazma loyihalari va doimiy muzey ekpozitsiyalari uçun arxitektura maydonlari konsepsiyalari va dizaynini işlab çiqişga ixtisoslaşgan.

Knyaz Nikolay Romanov saroyi 1891 yilda me'morlar Vilgelm Geynselman va Aleksey Benua tomonidan qurilgan. Ikki qavatli bu bino murakkab hajmli va keng maydonli dizayn yeçimiga ega. Saroy fasadlari nafis törli panjaralar, derazalar va dekorativ kiçik minoralar bilan bezatilgan.  

1935 yilda bino Pionerlar saroyi bölgan. 1980-yillarda u qimmatbaho buyumlar kolleksiyasi namoyiş etiladigan muzeyga aylandi. Mustaqillik davridan boşlab, bino Özbekiston Taşqi işlar vazirligining qabul uyi sifatida xizmat qilgan.