Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OTM talabalariga akademik ta'til qanday holatlarda beriladi?
Foto: fondkarimov.uz
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalariga akademik ta'til berish to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Nizomga muvofiq akademik ta'til quyidagi hollarda beriladi:
harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun.
Talabalarga o‘qish davomida ikki marta, tibbiyot ta'lim muassasalari talabalariga uch martagacha akademik ta'til berilishi mumkin.
Birinchi kurs talabalariga akademik ta'til, istisno tariqasida, faqat ularning kasalligi tufayli berilishi mumkin.
Akademik ta'til olish uchun talaba ta'lim muassasasi rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Mavzuga oid
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
08:53 / 24.06.2021