Toşkent şahrining 12 ta tumanida yirik, zamonaviy kutubxonalar quriladi, joylari allaqaçon belgilangan. Bu haqda şahar hokimi Şavkat Umrzoqov ma’lum qildi.

“12 ta tumanning har birida yirik, interaktiv va zamonaviy kutubxona quriş rejalaştirilgan, joylari allaqaçon belgilangan. Bilasizmi, maqsadimiz – şunçaki kitob saqlanadigan bino quriş emas, yiliga millionlab odam taşrif buyuradigan va özining ilmiy-ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantira oladigan jamoat makonini yaratiş”, – dedi hokim ÖzAga bergan intervyusida.

Umrzoqovning sözlariga köra, poytaxtdagi barça – 585 ta mahallada bosqiçma-bosqiç kitob burçaklari ham taşkil etiladi.

27-iyul kuni imzolangan prezident qarori bilan, Toşkent şahrida maydoni 5 ming metr kvadratdan ortiq savdo markazlarida kitob dökonlarini taşkil etiş majburiy deb belgilandi.

“Eng ilğor mamlakatlarda kutubxonalar – şaharning eng sevimli maskanlaridan biri böladi. Rivojlanişda yangi bosqiçga çiqmoqçi ekanmiz, poytaxtimizda ham kutubxonalar eng körimli va şinam maskanlarga aylanişi şart. Hattoki gavjum va turistik köçalarimizda ham imtiyozli şartlarda kitob dökonlari va kitob kafelari oçiladi.

Markaziy loyihamiz – xalq orasida “Moviy gumbazlar” deb ataladigan hudud. Bu joy tarixan kitob savdosining markazi bölgan. Endi uni mutolaa madaniyatiga ixtisoslaşgan jamoat makoniga aylantiramiz. Joriy yil iyulida majmuaning tarixiy qiyofasini töliq tiklaş e’lon qilindi, loyiha kitobxonlar va jamoatçilik muhokamasi bilan amalga oşiriladi.

Infratuzilmaning özi yetarli emas, albatta – rağbat ham kerak. Prezidentimiz boşlab bergan an’ananing davomi sifatida şahar miqyosida “Eng yaxşi kitobxon” tanlovini joriy etamiz”, – dedi poytaxt rahbari.

Yuqoridagi qarorda, şuningdek, kitoblar savdosini taşkil etiş uçun taqdim etiladigan munitsipal mulklar (bino va inşootlar) Toşkent şahar hokimi qarori bilan kitob savdogarlariga 5 yil muddatga tekin foydalaniş huquqi asosida töğridan töğri berilişi ham közda tutilgan.