Bugungi kunda ilmiy va ommabop adabiyotlar, şuningdek, ommaviy axborot vositalarida ekoturizmning örni va ahamiyatini oçib berişga qaratilgan köplab qaraşlar olğa surilmoqda. Şu örinda, “Özbekiston Respublikasida ekoturizmni rivojlantirişning ahamiyati nimalardan iborat?” degan savol tuğiladi. Buning bir neça asoslari bor: 

Birinçidan, xalqaro maqomdagi taşkilot va muassasalarning ma'lumotiga köra, köpgina turizm turlari yiliga örtaça 5 foizga ortib borayotgan bölsa, ekoturizm yiliga örtaça 20-30 foizga köpayib bormoqda. Köpgina mutaxassis va tadqiqotçilarning ilmiy tajriba va xulosalari şuni körsatmoqdaki, ekoturizm turizmning yangi va yoş yönalişi bölişiga qaramasdan, ommalaşuvi boşqa turistik yönalişlarga nisbatan 2-3 barobar jadal keçmoqda;

Ikkinçidan, Özbekistonda turizmning tarixiy turizm, diniy turizm, madaniy turizm kabi turlari böyiça muayyan yutuq va tajribalar bazasi şakllandi;

Uçinçidan, ayni paytda Özbekistonda 800ga yaqin turizm faoliyatini körsatuvçi turoperatorlik firmalari, 600ga yaqin mehmonxonalar, 30dan ortiq muhofazaga olingan hudud (qöriqxona, milliy boğ, nodir tabiat yodgorliklari va h.k.)lar, 60 ta örmon xöjaliklari, faoliyat körsatmoqda. Şuningdek, Özbekistonda 400 dan ortiq tabiatning noyob yodgorliklari mavjud.

Ekoturizmni rivojlantirişdan közlangan maqsad quyidagilardan iborat: 

  • jahon turistik xizmat bozorida Özbekistonning ekoturistik salohiyati, tabiiy potensiali va resurslarini namoyiş qiliş; 
  • hududlarning, ayniqsa tabiatning, geotizimlarning ekoturistik resurslari va imkoniyatlarinidan yanada samarali foydalanişga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borişni rağbatlantiriş;
  • turizmni rivojlantirişda ekoturizmning ahamiyati va uluşini oşiriş; 
  • Özbekistonda joriy etilgan turistik faoliyatda ekoturistik xizmatlar sifatini tubdan takomillaştiriş va ekoturistik xizmatlar hajmini jadal oşiriş; 
  • istiqbolda ekoturizmni rivojlantirişga qaratilgan ilmiy, innovatsion va metodik işlanmalarni yaratiş; 

Özbekistonning turizm sohasidagi ijobiy qiyofasini şakllantirişda ekoturizm rolini oşiriş va h.k.

Özbekiston ekoturistik resurs va imkoniyatlarga juda boy. Turoperatorlik firmalari tomonidan “Toşkent-Çorvoq-Toşkent”, “Toşkent-Bildirsoy-Çimyon-Toşkent”, “Toşkent-Zomin-Toşkent”, “Toşkent-Aydarköl-Toşkent” kabi marşrutlarda ötkazilgan ekoturlar, çöl hududlardagi tuyadagi sayr, nafaqat Özbekiston, balki butun dunyo turistlarining katta e'tibor va e'tiroflariga sazovor bölmoqda.