Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida gumonlanuvçi ayolni tahqirlagan içki işlar organi xodimi kapitan San'at Umarov işi böyiça ma'lumot berdi.
«Kun.uz»ga ma'lum qilişlariça, San'at Umarov ayni vaqtda qamoqqa olingan.
«Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi va 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş) 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan San'at Umarov (1988 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan Samarqand viloyat prokuraturasining «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş töğrisidagi iltimosnomasi körib çiqildi va qanoatlantirildi.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining 2018 yil 6 iyuldagi ajrimiga mufoviq ayblanuvçi San'at Umarovga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanildi», deyilgan xabarda.
4 iyul kuni «Ozodlik» radiosi Kattaqörğondagi şov-şuvli voqea haqida videoyozuv tarqatdi. Unda Kattaqörğonda militsiya xodimi öğirlikda gumon qilingan bir ayolni qip-yalanğoç yeçinişga majbur qilgani tasvirlangandi. Içki işlar xodimi ayolni şu ahvolda köçaga haydamoqçi böladi va bu jarayonni videoga oladi. Keyinroq gumondor ayol qöyib yuborilgan. Ayol 22 iyunga kelibgina uşbu holat yuzasidan huquq-tartibot organlariga ariza yozadi.
Bu voqeaga birinçi bölib Boş prokuratura munosabat bildirdi va San'at Umarov uşlangani va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş masalasi körib çiqilayotganini ma'lum qilindi.
«Bu — çidab bölmas holat. Qanday lavozim yo unvonda bölişdan qat'i nazar bunday harakatga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi», degandi Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova.
Keyinroq Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlaridan biri Rasul Kuşerbayev voqeaga munosabat bildirdi: «Ular öğri deb gumon qilingan ayolni emas, butun boşli millatni, xalqni, davlatni yeçintiribdilar. Qonunlarimizni, orimizni, erkak degan nomimizni oyoqosti qilibdilar».
Kattaqörğondagi vaziyat yuzasidan boş vazir örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norbayeva ikki bor fikr bildirdi. U qömita kelajakda bunday holatlar röy bermasligi uçun IIV bilan muzokara ötkazayotganini ma'lum qildi.
















