Foto: Pexels

Mutolaa uchun vaqt topish

«Har kuni 500 varaq o‘qing. Bilimlar murakkab foiz kabi to‘planib boradi. Ko‘pchilik buni amalga oshira oladi, biroq kafolat beramanki, bunday qilmaydi».

Uorren Baffett, tadbirkor, investor

Agar kitobni kam o‘qiydiganlardan bo‘lsangiz, 200 ta kitob noreal raqam, kuniga 500 varaq esa – kutubxonachining rejimi bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Aslida bu istalgan kishining qo‘lidan keladi.

Keling, hisoblab ko‘ramiz. Mutolaa tezligi daqiqasiga 200 ta so‘zga yaqin. O‘rtacha hajmli kitobda deyarli 50 mingta so‘z mavjud.

200 kitob × 50 000 so‘z = 10 000 000 so‘z

10 000 000 so‘z / daqiqasiga 200 so‘z  = 50 000 daqiqa

50 000 daqiqa/ 60 daqiqa = 833 soat

200 ta kitob o‘qish uchun yiliga 833 soatni mutolaa uchun sarflash kerak. Kuniga 2-3 soat. Bu vaqtni qayerdan olish kerak?

Nima uchun ijtimoiy tarmoqlarni kitobga almashtirish lozim?

Sizning ma'lumotga bo‘lgan munosabatingiz o‘zgaradi

Ijtimoiy tarmoqlar – kichik ma'lumotlar to‘plami: xabarnoma, rasm, gifkalar. Miya bu kabi yengil parhezga ko‘nikadi va diqqatingizni bir joyga jamlash tobora murakkablashadi. Kitob mutolaasi – bir predmetga uzoq muddat davomida diqqatni jamlashdir.

Ijtimoiy tarmoqlarni kitoblarga almashtiring. Shu yo‘l bilan miyaga zaruriy narsalarga e'tiborni qaratishda yordam berasiz.

Foto: Pexels

Ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta'siridan xalos bo‘lasiz

Informatsion chiqindidan xotira va diqqat aziyat chekadi. Qarorlarni qabul qilish va hissiy qayta ishlash murakkablashadi. Kitob esa anglash funksiyalariga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.