Kontraktlar narxining balandligi haqida gap ketganda, vazirlikning bergan rasmiy tuşuntirişi yodimizga tuşadi, deb yozadi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.

Unda aytilganidek, talabalar tölaydigan kontraktlarning katta qismi, ya'ni 45-80 foizi talabaning öziga stipendiya tariqasida qaytariladi. Masalan, - deydi vazirlik, - talaba “a'lo” bahoga özlaştirsa jami 7,5 mln.söm stipendiya oladi.

Yaxşi, tuşundik.

Lekin boşqa savol: unda nima uçun sirtqi va keçki ta'limda öqiydigan talabalarga stipendiya tölanmaydiyu, lekin baribir kontrakt narxi kunduzginiki bilan bir xil?

2004 yil 10 mart kuni tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi yöriqnomada stipendiyalar faqat kunduzgi şaklda tahsil olayotgan talabalarga tölanişi belgilangan. Aytgança, mavzudan taşqari bölsa ham aytay, stipendiya tölaş haqidagi yöriqnomaning 14 yildan buyon faqat rus tilidagi matni mavjud, özbek tilidagisi yöq. Şunçaki şarmandalik deyman, bunaqa holatlarni. Mayli, «revenons a nos moutons» (fr.), boşqaça aytganda «qöy mavzusiga qaytamiz».

Demak, sirtqi va keçki ta'limda öqiyotgan talabalarga qoida böyiça stipendiya tölanmasligi oydinlaşdi. Lekin kontrakt narxlari ular uçun ham eng arzoni 8 mln 293 ming söm, eng qimmati 11 mln 58 ming söm etib belgilangan.

Nima uçun kunduzgi şaklda tahsil olayotganlar xuddi şunça tölab stipendiya oladi-yu, sirtqi va keçki ta'limdagilar olmaydi? Qani mantiq? Qani ijtimoiy adolat?

Boz ustiga sirtqi ta'limdagilar doim ham öqişga kelişmaydi, ya'ni ularga kamroq xarajat ham ketadi. Ammo kontrakti otni kallasiday.

Biz uşbu jumboqli masalaga Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligidan yana bir marta asoslantirilgan izoh kutib qolamiz, deb yozadi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.