O‘zbekistonda Rossiyaning qator oliygohlari filiallari ochilishi kutilmoqda
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tayotgan forum ikki mamlakatning ta'lim va ilm-fan sohasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashga va oxir-oqibat davlatlararo munosabatlarning chuqurlashuvi yo‘lida xizmat qilishga yo‘naltirilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning KUN.UZ muxbiriga xabar berishicha, 18-19 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Rossiya ta'lim forumi sessiyalari doirasida umumiy hisobda 127ta kelishuv imzolanishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan biri Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti ("MGIMO") filialini tashkil qilish, Toshkent kimyo-texnologiya instituti bazasida esa Rossiyaning D.I.Mendeleyev nomidagi kimyo-texnologiya universiteti filialini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Forum doirasida shunga doir hujjatlar imzolanadi.

Foto: Getty Images
Shuningdek, ta'lim forumi davomida "MIFI" milliy tadqiqot yadroviy universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi hamda Atom energetikasini rivojlantirish agentligi o‘rtasida uch tomonlama shartnoma imzolanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Rossiya poytaxtlari hamda viloyatlaridagi qator universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatishga doir ko‘plab bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Ta'kidlash joizki, 18-19 oktabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari tashabbusi bilan O‘zbekiston-Rossiya ta'lim forumi bo‘lib o‘tadi. Forumda ikki mamlakat prezident ma'muriyatlari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri, Rossiya Federatsiyasi ta'lim va ilm-fan vaziri hamda ikki davlat oliygohlarining 80 dan ortiq rektori ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20 / 17.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

23:09 / 17.04.2025
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:43 / 17.04.2025
Toliblar endi Rossiyada terrorchi tashkilot deb hisoblanmaydi. Voqealar rivoji

16:25 / 17.04.2025