Malakali kadrlar tayyorlaş va ilmiy-tadqiqot faoliyatida özaro hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş maqsadida Istanbul texnika universiteti rektori Mexmet Karaja boşçiligidagi Turkiya Respublikasi delegatsiyasi 2018 yilning 18-20 dekabr kunlari Toşkent şahriga ilk bor taşrif buyurdi.

Istanbul texnika universiteti texnika yönalişida malakali kadrlar tayyorlaydigan Turkiyaning eng katta universitetlaridan biri hisoblanadi. 1773 yida taşkil topgan uşbu oliy ta'lim muassasasi infratuzilmasi, ilmiy salohiyati, fakultetlar va talabalar soni hamda maşhur bitiruvçilari bilan nafaqat mamlakat balki köhna qit'aning eng nufuzli universitetlaridan biri hisoblanadi.
Taşrif doirasida Istanbul texnika universiteti delegatsiyasi a'zolari I.Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti, M.Uluğbek nomidagi Özbekiston milliy universiteti hamda Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetiga taşrif buyurib, respublikamiz oliy ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanişdilar hamda ilğor tajribalar bilan örtoqlaşdilar.
Istanbul texnika universiteti rektori Mexmet Karaja Toşkent şahridagi Turin politexnika universitetida mavjud texnopark imkoniyatlari bilan yaqindan tanişdi hamda uşbu oliygohda poytaxt oliy ta'lim muassasalarining rektorlari, innovatsiyalar va ilmiy işlar böyiça prorektorlari, doktorantlar va magistrantlar uçun oliy ta'lim muassasasini ilğor texnologiyalar asosida rivojlantiriş hamda yangi bosqiçga olib çiqiş strategiyasi töğrisida ma'ruza qildi.

Janob Mehmet Karaja, öz ma'ruzasida, oliy ta'lim muassasalarida texnoparklar taşkil etiş orqali işlab çiqarişning turli tarmoqlari uçun innovatsion ğoyalar va ilğor işlanmalarni yaratiş, ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalarini tijoratlaştiriş asosida oliy ta'lim muassasasining moliyaviy barqarorligini ta'minlaş hamda oliy ta'lim muassasasi talabalari (bitiruvçilari) tomonidan “nou-xau”lar yaratilişi orqali kiçik işlab çiqariş firmalarini taşkil etiş könikmalarini şakllantiriş yuzasidan Istanbul texnika universiteti tajribasi bilan örtoqlaşdi.
Vazirlar Mahkamasida Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov bilan bölib ötgan uçraşuvda Turkiya Respublikasi delegatsiyasi a'zolari bilan ikki davlat oliy ta'lim muassasalari örtasida hamkorlikka asos soliş, talabalar va professor-öqituvçilar akademik almaşinuvini yölga qöyiş, texnika sohasiga ixtisoslaştirilgan qöşma fakultet (Toşkent davlat texnika universiteti bilan birgalikda) hamda hamkorlikdagi ilğor texnoparklarni (texnika yönalişidagi oliy ta'lim muassasalari konsorsiumi asosida) barpo etiş bilan boğliq qator masalalar muhokama qilindi.


















