Urganchda onlayn ta'lim yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Dreamstime
Urganch davlat universitetida onlayn masofaviy ta'limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Universitet Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining «Oliy ta'lim tizimini modernizatsiya qilish» loyihasi doirasida tashkil etilgan akademik innovatsiya fondi grantlar tanlovida ishtirok etib, «2019 ─ 2020 yillarda zamonaviy onlayn o‘quv markazi yaratish» loyihasi bilan Jahon bankining 50 ming dollar miqdoridagi grant mablag‘ini qo‘lga kiritdi.
Loyihaga ko‘ra, hozirda oliygohda o‘qitilayotgan fanlar, dasturlar virtual markazga joylashtiriladi. Talabalar o‘zlari istagan dasturni onlayn rejimda o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi.
Loyiha ijrosi mas'ul kotibi Xosiyat Shixovaning so‘zlariga ko‘ra, real auditoriyada o‘qituvchi 100-150 nafar talabaga ma'ruza o‘qisa, bu usul orqali minglab odamlarga ma'lumot uzatish mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, bitta professor 250 yil davomida erishishi mumkin bo‘lgan samaraga virtual ta'lim yordamida bir yilda erishishi mumkin.
«Hozirda markazni tashkillashtirishning texnik ishlari olib borilmoqda. 2020 yilning avgust oyida markaz o‘z faoliyatini barcha fanlar yo‘nalishida boshlaydi.
Dastlab o‘qituvchilarning o‘zi ma'lumotlarni bazaga joylashtirish, ularni onlayn ko‘rinishga o‘tkazish, samarali masofaviy ta'limni olib borish bo‘yicha malakasi oshiriladi. Xususan, Shveytsariyaning Lozanna politexnika va Ispaniyaning Kantabriya universitetlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan», — deydi u.
O‘qish davomida onlayn test va imtihonlar asosida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganlar sertifikatlarni qo‘lga kiritadi. Sertifikatlar yo‘nalishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar va korxonada ishlash huquqini beradi.
Agar mazkur dastur o‘zini oqlasa, to‘liq virtual o‘qitish tizimiga o‘tish masalasini ko‘rish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. "Arsenal" javob o‘yinida ham "Real"ni yengdi, "Inter" "Bavariya" bilan durang qayd etib, yarimfinalga chiqdi
Sport | 02:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

12:53 / 14.04.2025
Besh kunlik dars tizimi haqida pedagoglar qanday fikrda?

20:50 / 25.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi

20:38 / 20.03.2025
Tramp ta’lim vazirligini yopmoqda: demokratlar sudga ariza topshirdi

20:49 / 15.03.2025