Oliy öquv yurtlariga 2018 yilda test sinovlarini topşirgan abituriyentlar töplagan ballar tahlil qilinganda, test sinovlarini topşirgan 600 mingdan ortiq abituriyentning 55 foizi asosiy mutaxassislik fani (fizika, kimyo, matematika, biologiya, geografiya) böyiça 50 ball ham töplay olmagan, deb ma'lumot berdi senator Zayniddin Nizomxöjayev​.

Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari böyiça qömitasi raisi ​Zayniddin Nizomxöjayevning aytişiça, öquvçilarning özlaştirişiga salbiy ta'sir körsatayotgan asosiy omillardan biri – darsliklarning talab darajasida yaratilmaganligi aniqlangan.

«Sohada olib borilayotgan ijobiy işlarga qaramasdan, darsliklarni davlat ta'lim standarti va öquv dasturlari talablari asosida öquvçilarning yoşi, aqliy, fiziologik va psixologik rivojlaniş davriga muvofiq tayyorlanişida qator muammolar saqlanib qolmoqda», — deydi u.

Zayniddin Nizomxöjayev​. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ

​Ta'kidlanişiça, ayni paytda darsliklarni yaratişga oid normativ-huquqiy asoslarni mustahkamlaş talab etilmoqda.

«Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 noyabrdagi 548-sonli qarori bilan darsliklarni tanlov asosida tanlab oliş tartibi işlab çiqilgan bölib, unda tanlov komissiyasiga kelib tuşgan darsliklarni körib çiqiş va baholaş töğrisidagi axborotning sir saqlanişi belgilangan. 

Bu esa, yaratilayotgan darsliklar loyihalarini şaffof baholaş, keng jamoatçilik fikrini örganiş, öqituvçilarning, ota-onalarning, tegişli ekspert va boşqa mutaxassislarning haqqoniy, xolis munosabatini biliş imkonini bermaydi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlarda mualliflar tarkibini tanlaşning aniq reglamenti işlab çiqilmagan, darsliklar loyihalari yuzasidan ekspert xulosasini beriş muddati esa qisqa.

Darsliklarning tender savdolari orqali ğolib bölgan turli naşriyotlarda naşr etilişi, öquv materialining uzviyligi, uyğunligi va izçilligini, şuningdek fanlararo aloqaning boğliqligini ta'minlamayapti. Oqibatda, bu darsliklarda bir-birini rad etadigan xulosalar, mavhumliklar va nomuvofiqliklarning köpayişiga olib kelmoqda.

Zayniddin Nizomxöjayev​. Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ