Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekistonda MICE turizmini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjat bilan “2019-2025 yillarda Özbekistonda konferensiya, forum, kongress, körgazma, seminar va anjumanlar (MICE) turizmini rivojlantiriş böyiça konsepsiya” tasdiqlanişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining “Özbekiston kongress va körgazma” markazini taşkil etiş taklifiga rozilik berilişi mumkin.
Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
Özbekistonda taşkil etiladigan mahalliy va xalqaro darajadagi kongress va körgazmalar ötkaziş imkoniyatiga ega bölgan obektlar töğrisidagi ma'lumotlar reyestrini yuritiş;
mahalliy va xalqaro darajadagi kongress va körgazmalarni taşkillaştiriş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlik sub'yektlari reyestrini yuritiş;
Özbekistonda taşkil etiladigan mahalliy va xalqaro darajadagi kongress va körgazmalar taşkilotçilari faoliyatini muvofiqlaştiriş;
Özbekistonning MICE turizmi salohiyatini jahon mamlakatlari orasida namoyon etiş hamda mamlakat qiyofasini ijobiy tarzda tarğibot qiliş;
Respublikadagi vazirlik va idoralar tomonidan Özbekistonda taşkil qilinadigan MICE turizmiga ixtisoslaştirilgan xalqaro darajadagi körgazmalar, yarmarkalar va kongresslar faoliyatini muvofiqlaştiriş;
MICE turizmiga ixtisoslaştirilgan xalqaro körgazma va yarmarkalarda Özbekiston nomidan iştirok etiş va xalqaro taşkilotlar va yirik kompaniyalar tomonidan tadbirlarni ötkaziş böyiça e'lon qilinadigan tenderlarda qatnaşiş va boşqalar.
“2019-2025 yillarda Özbekistonda konferensiya, forum, kongress, körgazma, seminar va anjumanlar (MICE) turizmini rivojlantiriş böyiça konsepsiyaga köra, 2019-2025 yillarda Özbekistonda MICE turizmini rivojlantiriş konsepsiyasi turizmning uşbu turini rivojlantiriş uçun qulay iqtisodiy şart-şaroitlarni yaratiş böyiça olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oşirişga erişiş va turizmning mavsumiy omillarini minimallaştiriş uçun zarur turistik infratuzilmani takomillaştirişga qaratilgan.
MICE turizmini maqsadli vazifalari va xalqaro tajribalariga kelib çiqib, kelgusi yillarda faol ravişda qisqa muddatda quyidagi tadbirlarni amalga oşiriş rejalaştirilgan:

















