Özbekistonda davlat granti asosida kadrlar tayyorlaş parametrlari oliy ta'lim muassasalari örtasida tanlov ötkaziş yöli bilan taqsimlanadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasida aytilgan.

Qayd etilişiça, grant asosida kadrlar tayyorlaş parametrlarini bosqiçma-bosqiç oliy ta'lim muassasalari örtasida tanlov ötkaziş yöli bilan taqsimlaş mexanizmlari joriy etiladi.

Şuningdek, individual ta'lim trayektoriyalariga asoslangan, talabalarda kreativ fikrlaş, amaliy könikmalarni şakllantirişga qaratilgan öquv rejalar işlab çiqiş orqali talabalar qiziqişlari hamda kadrlar buyurtmaçilari ehtiyojlariga muvofiq ta'lim dasturlarini şakllantiriş, ularni tasdiqlaş böyiça oliy ta'lim muassasalariga bosqiçma-bosqiç akademik mustaqillik beriş möljallanmoqda.

Mustaqil ta'lim soatlari uluşini oşiriş, talabalarda mustaqil ta'lim oliş, tanqidiy va ijodiy fikrlaş, tizimli tahlil qiliş, tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş, öquv jarayonida kompetensiyalarni kuçaytirişga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etiş, öquv jarayonini amaliy könikmalarni şakllantirişga yönaltiriş, bu borada öquv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilğor pedagogik texnologiyalar, öquv dasturlari va öquv-uslubiy materiallarni keng joriy etiş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, talabalar bilimini baholaş tizimi texnologiyalarini takomillaştirib boriş va xolisonaligini ta'minlaş, jumladan baholaşning talabalar bilan bevosita aloqasiz şakllarini rivojlantirib boriş, fanlarni özlaştirişda talabalar orasida soğlom raqobatni rivojlantiriş mexanizmlarini işlab çiqiş nazarda tutilyapti.