Xalq demokratik partiyasining ustuvor ğoyalaridan biri ijtimoiy himoyadir. Partiya şuning uçun bozor iqtisodiyotiga ötiş jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu oğir ijtimoiy muşkulotlarga olib kelişi mumkin, deb hisoblaydi.
Şulardan kelib çiqqan holda, partiya ijtimoiy demokratiya ğoyasi bilan jamiyatda aholining ijtimoiy himoyasi sözsiz ta'minlanişiga işonadi. Bu ğoya partiya dasturiy maqsadlarida, deputatlikka nomzodlarning Saylovoldi dasturida öz aksini topgan.
Xöş, Xalq demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga Samarqand viloyatidan körsatilgan nomzodlari qaysi ijtimoiy masalalarni kötarib çiqmoqda?
Uluğbek Kamolov, Buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, Samarqand viloyati hokimligi moliya boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, 56-Registon saylov okrugidan nomzod:
– Ijtimoiy muhofaza muhtoj kişilar va oilalarni aniqlaşda muammoli holatlar juda köp. Deputatlar murojaatlarni ijobiy hal etiş uçun turli taşkilotlar, vakolatli idoralarga murojaat etganda, asosan bir masalaga duç keladi. U ham bölsa, tegişli me'yoriy hujjatlarda oilaning kam ta'minlanganligini aniqlovçi mezonlar aniq belgilanmagan. Natijada davlat budjetidan ajratilgan mablağlar har doim ham öz manziliga, haqiqatda muhtoj kişilarga yetib bormayotgani kuzatilmoqda. Bundan esa partiyamiz himoya qilişi kerak bölgan qatlam aziyat çekyapti. Şu bois partiyamiz ijtimoiy muhofazaga muhtojlikni belgilaş mezonlarini qonunçilikda sodda va tuşunarli tarzda aks ettiriş uçun qat'iy harakat qiladi.
Dilfuza Yakubjanova matematik, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali axborot talim texnologiyalari kafedrasi mudiri, 57-Söğdiyona saylov okrugidan nomzod:
– Oçiğini aytganda, jamiyatimizda ijtimoiy adolatni ta'minlaş, aholini, yoşlarni munosib iş bilan ta'minlaş, ta'lim oliş, soğliqni saqlaş imkoniyatlaridan foydalanişida ayrim kamçiliklar bor. Bizning maqsadimiz ijtimoiy adolatni töla tiklaşga erişidan iborat.
Şu maqsadda davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etiladigan nodavlat ta'lim muassasalarida faqat öziga töq oilalar farzandlari öqiy olişiga yöl qöymaslik maqsadida uşbu ta'lim muassasalaridagi tölov-kontraktning ijtimoiy maqbul miqdorini qonunçilikda belgilab qöyiş taklifini ilgari suryapmiz.
Mavzuga oid
Dilorom Turdaliyeva, şifokor, “SOLE VITA” mas'uliyati çeklangan jamiyati direktori, 58-Oqdaryo saylov okrugidan nomzod:
– Biz yaqin orada barça aholi qatlamlariga mulkçilik şakli va moliyalaştiriş manbalaridan qat'i nazar, barça ta'lim muassasalarida sifatli maktabgaça, örta, oliy ta'lim, xususan, kasbiy ta'lim olişlari va malakasini oşirişlari uçun teng imkoniyatlar yaratişga erişmoqçimiz.
Bundan taşqari, partiyamiz maktab öquvçilariga jamoat transportida bepul yuriş huquqini taqdim etiş hamda barça maktablar va maktabgaça ta'lim muassasalarida öquvçilar va tarbiyalanuvçilarni balanslaşgan soğlom oziq-ovqatlar bilan kafolatli ta'minlaş taşabbusi bilan çiqadi.
Nodira Mirzayeva, şifokor, Samarqand şahar tibbiyot birlaşmasi boşliğining ambulator-poliklinika xizmati böyiça örinbosari, 59-Bulunğur saylov okrugidan nomzod:
– Hammamiz yaxşi bilamiz, kişilarning yaxşi yaşaşi va munosib turmuş şaroitiga ega bölişida kommunal soha rivoji muhim ahamiyatga ega. Şuning uçun biz bu yönalişga ham alohida e'tibor qaratdik. Joylarda kommunal xizmatlar böyiça asossiz hisoblangan qarzdorlikni aniqlaş, iste'molçilarning buzilgan huquqlarini tiklaş ustidan deputatlik va jamoatçilik nazoratini olib borişni yanada faollaştirişni maqsad qildik. Qisqa qilib aytganda, biz uy-joy va kommunal xizmatlarining ijtimoiy maqbulligini ta'minlaş tarafdorimiz!
Uluğbek Vafayev, iqtisodçi, moliyaçi, huquqşunos, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengaşi raisi örinbosari, 60-Payariq saylov okrugidan nomzod:
– Partiya şuning uçun bozor iqtisodiyotiga ötiş jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu oğir ijtimoiy muşkulotlarga olib kelişi mumkin, deb hisoblaydi.
Şundan kelib çiqib, biz fuqarolar uçun mehnat qiliş, dam oliş, har yilgi haqi tölanadigan ta'tilga çiqiş, işsiz bölib qolgan taqdirda ijtimoiy muhofazaga bölgan konstitutsiyaviy huquqni amalga oşiriş uçun zarur şart-şaroitlarni yaratiş, insonning hayot ta'minoti uçun zarur bölgan iş haqi, pensiya va nafaqalarning kafolatlangan eng kam miqdorini joriy etiş kabi ijtimoiy tenglik va adolat ğoyalarini qonun çiqaruvçi organdagi vakillari orqali ilgari surişda davom etamiz.
Dilmurod Ismatov, jurnalist, Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi direktori örinbosari, 61-Qöşrabot saylov okrugidan nomzod:
– Biz, vaqtinçalik, bir martalik iş bilan ta'minlaş byurosi faoliyatini taşkillaştiriş, jumladan, uşbu mehnatda band bölgan xodimlarning mehnat huquqlari kafolatli himoya qilinişini ta'minlaşda kerakli tartibni joriy etişga ham erişamiz.
Deputatlik va jamoatçilik nazorati tarzida “mardikor bozorlari”ni örganib çiqiş va şu asnoda fuqarolarni vaqtinça bir martalik iş bilan ta'minlaşga odi huquqiy-me'yoriy hujjatlar nega iş bermayotganining sabablarini aniqlaşni maqsad qilganmiz.
Baxrom Nazarov, muhandis-quruvçi, Samarqand viloyati Quriliş boş boşqarmasi boşliği, 62-Iştixon saylov okrugidan nomzod:
– Har bir monitoring natijalariga köra, tegişli qarorlar qabul qilinişi zarur. Bunda, odamlar ijtimoiy muammolarini xolis va adolatli hal etişda partiya yordam berişini bilişi kerak. Bu holatda mazkur masalalar böyiça “uçinçi tomonga” murojaat qilişga zaruriyat qolmaydi. Öz navbatida, partiya mahalliy kengaşlari huzuridagi jamoatçilik qabulxonalari faoliyati samaradorligini oşiriş va partiya guruhlari bilan özaro hamkorligini mustahkamlaşni rejalaştirgan.
Safar Ostonov, jurnalist, “Özbekiston ovozi” gazetasi boş muharriri, 63-Kattaqörğon saylov okrugidan nomzod:
– Oçiğini aytganda, jamiyatimizda ijtimoiy adolatni ta'minlaş, aholini, yoşlarni munosib iş bilan ta'minlaş, ta'lim oliş imkoniyatlaridan foydalanişida ayrim kamçiliklar bor. Bizning maqsadimiz ijtimoiy adolatni töla tiklaşga erişidan iborat. Masalan, biz kam ta'minlangan oilalardan çiqqan iqtidorli bolalarning nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalari va umumta'lim maktablarida tahsil olişini ta'minlaş, davlat-xususiy şeriklik asosida taşkil etiladigan nodavlat ta'lim muassasalarida faqat öziga töq oilalar farzandlari öqiy olişiga yöl qöymaslik maqsadida uşbu ta'lim muassasalaridagi tölov-kontraktning ijtimoiy maqbul miqdorini qonunçilikda belgilab qöyişni taklif etyapmiz.
Feruza Raximova, pedagog, Kattaqörğon şahar hokimi örinbosari, xotin-qizlar qömitasi raisi, 64-Narpay saylov okrugidan nomzod:
– Özbekiston XDP jamiyat hayotining barça sohasida ijtimoiy tenglik tamoyillariga tayangan holda, islohotlarning mazkur bosqiçida kam ta'minlangan oilalarning iste'dodli va qobiliyatli farzandlarini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş, xususan, nogironligi bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaşni yanada kengaytiriş uçun yetarli imkoniyatlar mavjud, deb hisoblaydi. Şu maqsadda bola qobiliyatini erta aniqlaş va ularning barkamol rivojlanişiga yönaltirilgan samarali protsessual mexanizmlarni yaratiş, kam ta'minlangan oilalarning iste'dodli va qobiliyatli farzandlarini qöllab-quvvatlaş uçun davlat grantlari tizimini yaratiş kerak, deb hisoblaymiz.
Şerbek Buranov, bank işi, buxgalteriya hisobi va audit, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Samarqand viloyati filiali boşqaruvçisi örinbosari, 65-Ziyovuddin saylov okrugidan nomzod:
– Partiyamiz mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni qöllab-quvvatlagan holda, mazkur holat içki bozorda taqçillik keltirib çiqarmasligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxini oşirib yubormasligi lozim, deb hisoblaydi. Ana şu maqsadda iste'mol bozorining tegişli segmentlari ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşiradi va uning yakunlari böyiça xalq deputatlari Kengaşlarida öz guruhlari orqali mamlakatimizda işlab çiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarini barqarorlaştiriş böyiça takliflar kiritişni rejalaştirdik.
Zebiniso Raxmanova, biolog-zoolog, Samarqand şahar hokimi örinbosari - xotin-qizlar qömitasi raisi, 66-Nurobod saylov okrugidan nomzod:
– Biz har bir insonning hayotiy ehtiyojlari kafolatli ta'minlanişi tarafdorimiz! Aholining kam ta'minlangan qatlamlari uçun ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlarini sotadigan dökonlar taşkil etişni huquqiy tartibga soliş hamda şunday savdo tarmoqlarini rivojlantirişga doir ilğor xorijiy tajribani örganiş, olingan natijalar asosida xorij tajribasini Özbekiston şaroitida qöllaş böyiça aniq takliflarni tayyorlaşni maqsad qilganmiz.
Alişer Karşiyev, şifokor, “Abu Ali ibn Sino” sanatoriyasi MÇJ direktori, 67-Pastdarğom saylov okrugidan nomzod:
– Aholining kam ta'minlangan qatlami, jumladan, nogironligi bölgan şaxslar, nogironligi bölgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar, oğir ijtimoiy vaziyatga tuşib qolgan xotin-qizlarga, kam ta'minlangan, farzandlarini töliqsiz oilada tarbiyalayotgan va yaşaş şaroitini yaxşilaşga muhtoj onalar uçun qurilayotgan arzon uy-joylar sonini köpaytiriş kerak. Şuningdek, uşbu sohada imtiyozli ipoteka krediti ajratiş amaliyotini takomillaştiriş zarur, deb öylayman.
Mavsuma Mirvafoyeva, filolog, Tayloq tumani maktabgaça ta'lim bölimi boşliği, 68-Samarqand saylov okrugidan nomzod:
– Biz yaqin orada barça aholi qatlamlariga mulkçilik şakli va moliyalaştiriş manbalaridan qat'i nazar, barça ta'lim muassasalarida sifatli maktabgaça, örta, oliy ta'lim, xususan, kasbiy ta'lim olişlari va malakasini oşirişlari uçun teng imkoniyatlar yaratişga erişmoqçimiz.
Nogironligi bölgan bolalar uçun maxsus adabiyotlar, jumladan, ovoz jörligidagi Brayl alifbosi asosida ham çop etiş va xarid qiliş, inklyuziv ta'limni rivojlantiriş va şu sohada faoliyat körsatayotgan öqituvçilariga imtiyozlar taqdim etiş, uşbu maqsadlar uçun xarajatlarni davlat budjetidan moliyalaştirişni ta'minlaş kerak, degan taklifni ilgari suryapmiz.
Fotex Raxmatov, buxgalteriya hisobi va audit, Fuqarolik jamiyatini şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti Samarqand viloyati hududiy bölinmasi rahbari, 69-Tayloq saylov okrugidan nomzod:
– Partiyamiz öqituvçilar va şifokorlarning ijtimoiy mavqeini yanada mustahkamlaşga katta e'tibor qaratadi.Ana şu maqsadda bizning parlament fraksiyamiz soğliqni saqlaş va ta'lim sohasi xodimlarining şa'ni, qadr-qimmati, obröyi va xavfsizligini işonçli himoya qilinişini ta'minlaydigan me'yorlarni qonuniy jihatdan mustahkamlaşga erişadi.
Biz, şuningdek, yuqori malakali tajribali mutaxassislarni çekka va olis qişloq aholi punktlaridagi tibbiyot va ta'lim muassasalariga işga jalb etiş maqsadida imtiyozlar va rağbatlar tizimini joriy etişga ham intilamiz.
Gulşoda Nuriddinova, tarixçi, Urgut tumanidagi 28-maktab direktori, 70-Urgut saylov okrugidant nomzod:
– Özbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy ahamiyatga molik tovar va xizmatlar narxlari va tariflari normativ hujjatlarda belgilangan me'yorlardan oşib ketmasligi uçun uşbu narxlarni şakllantiriş ustidan qat'iy davlat va jamoatçilik nazoratini örnatiş tarafdori. Şu maqsadda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarning narxlari hamda röyxatini belgilaş davlat tomonidan tartibga solinişini qonuniy jihatdan mustahkamlaşi kerak, deb öylaymiz.
Toxira Tulayeva, akuşer-ginekolog, Urgut tuman tibbiyot birlaşmasi ginekologiya bölimi mudiri, 71-Qoratepa saylov okrugidan nomzod:
– Partiyamiz ğoyalaridan kelib çiqqan holda, aholining real daromadi va bandligini izçil amalga oşiriş orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalaş va soğliğini muhofaza qiliş yönalişidagi davlat tizimini takomillaştiriş, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, aholi yaşaş şaroitlari yaxşilanişini ta'minlovçi arzon uy-joylar qurilişi, yöl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş hamda modernizatsiya qiliş böyiça maqsadli dasturlarni röyobga çiqariş kabi yönalişlarda faol iştirok etişni rejalaştirdim.
Hurmatli saylovçilar! Sizlarni saylovda Xalq demokratik partiyasidan körsatilgan nomzodlarga ovoz berişga çaqiramiz!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi